Buxoro yangiliklari
Buxoroda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmoni asosida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga ilk bor qabul imtihonlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu dastur orqali O‘zbekiston bo‘ylab saralangan 1 500 nafar eng iqtidorli 9-sinf bitiruvchisi jahondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalariga tayyorlanadi. Dastur ishtirokchilari xalqaro loyihalar, tadqiqot metodologiyasi, ochiq nutq, dizayn fikrlash kabi yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan ta’lim oladilar.
40 nafar eng yaxshi ishtirokchi AQSHning “Ivy League” uyushmasi yozgi maktablarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. TOP100 universitetlarga 50% grant bilan qabul qilinganlarga qolgan to‘lov “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
Ayni paytda Buxoro viloyatida ham qabul imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Test sinovlari matematika va ingliz tilidan bo‘lib, yuqori ball to‘plaganlar dastur ishtirokchisiga aylanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


