Buxoro yangiliklari
Buxoroda tibbiyot sohasida germaniyalik mutasaddilar bilan hamkorlik kengaymoqda
Viloyat sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro hamkorlik yangi sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Turkiya va Rossiya, Belorussiya, Koreya bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali aloqalar qatoriga endi Germaniya ham qo‘shilib, tibbiyot sifati va imkoniyatlarini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.
Boshqarmada Germaniyaning “GIZ” xalqaro tashkiloti bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Kelishuv doirasida nemis mutaxassislari har yili viloyatga kamida bir marotaba tashrif buyurib, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish va mahalliy shifokorlar malakasini oshirishga, onlayn maslahatlar tashkil qilishda ko‘maklashishadi.
Memorandumni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiev hamda Germaniya tomonidan doktor Kristian Kruppa imzoladi.
Shuninngdek, joriy yilning 2–4-dekabr kunlari aynan Germaniyaning “GIZ” tashkiloti tomonidan “Bolalar xirurgiyasida zamonaviy texnologiyalar” mavzusida xalqaro seminar va treninglar o‘tkazildi. Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Germaniya mutaxassislari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslari tashkil etildi.
Ko’riklar davomida 7 nafar bolada bepul kam invaziv, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi. Bu jarayonlar uchun Germaniyadan 430 mln so‘mlik sarf materiallari yetkazib berildi.
Germaniya bilan o‘rnatilgan ushbu hamkorlik nafaqat yuqori texnologik amaliyotlarni joriy qilish, balki mahalliy mutaxassislar uchun ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, zamonaviy tibbiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Kutilayotgan yangi tashriflar va loyihalar esa sog‘liqni saqlash sohasidagi uzviy hamkorlik yanada kengayib, bemorlar manfaati yo‘lida amaliy natijalar berishini anglatadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


