Buxoro yangiliklari
Romitan brodveyida Yangi yil tantanali tarzda nishonlandi
Romitan tumanidagi “Romitan sayilgohi” savdo va ko‘ngilochar ko‘cha (Broadway) majmuasi oldida Yangi yil bayrami munosabati bilan aholi va yoshlar uchun ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari tashkil etilgan.
Ushbu tadbirlarda estradamizning el suygan yulduzlari ishtirok etib, konsert dasturlarini taqdim etdi.
Konsertlarda mashhur xonandalar o‘zining eng yaxshi qo‘shiqlari bilan barchaga yuqori kayfiyat ulashish bilan bir qatorda tashkil etilgan boshqa ko‘ngilochar dasturlar ham mehmonlarni o‘ziga jalb qildi. Bayramni nishonlashga kelgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, mazmunli va unutilmas onlarni xotiraga muhrlashdi.

Ushbu tadbirlar aholining madaniy hordiq chiqarishi va bayramni birgalikda nishonlashi uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.
Ayni kunlarda ham davom etayotgan bayram dasturlari davomida, shuningdek, madaniyat va san’at bilan uyg‘unlashgan maxsus shoular, sahna ko‘rinishlari hamda boshqa qiziqarli ko‘ngilochar loyihalar ham namoyish qilinmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


