Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (05.01.2026)
Munajjimlar bashorati (2026-yilning 6-yanvar, dushanba kuni uchun)
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishga oid bilim va tajribalarni qaytadan charxlashingiz talab etiladi. Bu kelgusida martabangiz yuqori bo‘lishi uchun katta foyda beradi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ro‘zg‘or va moliya sohasida sodir etiladigan har bir harakatingizni nazoratda ushlang. Kimlardir kimlardandir qarzdor bo‘lishi mumkin. Qarzlarni qaytarish vaqti keldi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Agar ishxonada yirik loyihalarni muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq etgan bo‘lsangiz, mayda-chuyda ishlarga qo‘l ursangiz ham bo‘ladi. Ular ham yirik loyihalardan kam daromad keltirmaydi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilasizlar illyuziya qurshovida bo‘lishadi. Tanlaganingiz haqidagi totli o‘ylar sizni yettinchi osmonlarga parvoz qildiradi. Bu lahzalarni xotirangizga muhrlab qo‘ying.
Arslon (24.07 — 23.08)
Ro‘zg‘oringizda jihozlardan biri ishdan chiqib, sizni anchagina xarajatga tushirishi kutilmoqda. Xarajat-ku mayli, vaqtingiz ham ketadi. Ayrim rejalarni shu sabab bo‘lib keyinga surishingizga to‘g‘ri keladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ishda ham, shaxsiy hayotda ham o‘zgalarning fikri bilan hisoblashishingiz tavsiya qilinadi. O‘z fikringizni o‘tkazishga harakat qilmang. Kimki sizga yaxshilik qilsa, siz ham yaxshilik bilan javob qaytaring.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun nafaqat miyangizdagi xunuk xayollardan, balki atrofingizdagi yomon niyatli kimsalardan ham nari bo‘lishga harakat qilishingiz tavsiya etiladi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Qancha pozitiv kayfiyatda bo‘lsangiz, shuncha omad siz tomonda bo‘ladi. Ishlaringizda ham unum ko‘zga tashlanadi. Shaxsiy biznesiga ega bo‘lganlar raqobatchilarning qabih harakatlaridan saqlanishlari kerak.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Muloqot masalasida bugungi kuningiz mazmunli kechadi. Munosabat nimadir sabab bilan uzilib qolganlar bilan ham bugun qayta topishib muloqot qilishingiz mumkin.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun siz uchun albatta unumli kechadi. Ayniqsa, savdo, biznes, moliyaviy operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchilarning kuni tug‘adi. Daromadning mo‘mayi sizniki, ishonavering.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yig‘ib yurgan pullaringizning barchasini o‘zingizga sarflashni niyat qilibsiz. Muborak bo‘lsin. Bu juda to‘g‘ri qaror. Agar qo‘shimcha zahira pulingiz bo‘lsa, qolgan pullar bilan bemalol o‘zingizni xursand qilaversangiz yarashadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Sizga yoqimsiz lahzalar, muvaffaqiyatsizliklar xavf solmaydi. Faqat moliyaviy ahvolingizni qat’iy nazorat ostiga olishingiz kerak bo‘ladi. Qarz olmang va katta ishlarga pul tikmang.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


