Buxoro yangiliklari
Buxoroda davlat xizmatchilari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Kecha, 6-yanvar kuni Buxoro shahrida joylashgan Diagnostika markazida viloyat rahbarlari ishtirokida keng qamrovli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur ko‘rikda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari hamda viloyat boshqarma boshliqlari erta tongdan viloyatning yetakchi malakali mutaxassislari hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ishtirokida to‘liq tibbiy tekshiruvlardan o‘tdilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 72 nafar hokim o‘rinbosarlari va viloyat boshqarma boshliqlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayoniga 7 nafar viloyat darajasidagi yuqori malakali mutaxassis hamda 5 nafar Buxoro davlat tibbiyot institutining professor va o‘qituvchilari jalb etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida mobil poliklinika, ko‘chma stasionar DELFT rentgen apparati, Qon banki, ultratovush tekshiruvi (UTT), elektrokardiografiya (EKG) hamda laboratoriya xizmatlari to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, 64 nafar hokim o‘rinbosarlari hamda viloyat boshqarma boshliqlarida jami 114 ta turli kasallik holatlari aniqlandi. Shundan 55 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari ambulator, 9 nafari esa stasionar sharoitda sog‘lomlashtirilishi belgilandi.

Ayni paytda tibbiy ko‘rik yakunlari chuqur tahlil qilinib, har bir davlat fuqarolik xizmatchisi uchun manzilli sog‘lomlashtirish rejalari ishlab chiqildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


