Mashhurlar
Bollivud yulduzlari ekranda chiroyli ko‘rinish uchun qanday taomlarni iste’mol qiladi?
Bollivud aktyorlari go‘yo hech qachon keksaymaydigandek, energiyaga to‘la va sog‘lom ko‘rinadi. Ammo bu natija doimiy mehnat, intizom va to‘g‘ri ovqatlanishning. Ushbu qiziqarli ma’lumotlarni Daryo tayyorlagan.
Har bir aktyor va aktrisaning o‘ziga xos ovqatlanish tartibi bor. Kimdir kunni mevalar bilan boshlaydi, kimdir oqsilga boy taomlarga tayanadi. Ularning tanlovlari nafaqat jismoniy holatini, balki kayfiyati yaxshi bo‘lishini ham belgilaydi. Keling, hind kinosi yulduzlari nonushtaga qanday taomlar yeyishini birgalikda bilib olamiz.
Ritik Roshan tabiiy va foydali mahsulotlar tarafdori. Uning nonushtasida doimo yangi uzilgan meva, sabzavot, shirin kartoshka, guruch va tovuq go‘shti bo‘ladi. U har kuni 6–7 marta yengil ovqatlanadi va ko‘p suv ichadi.

Salmon Xon esa kunini oqsilga boy taomlardan boshlaydi. Uning ratsioni tovuq go‘shti, tuxum oqi, salat va baliqdan iborat. U hech qanday shirinlik yoki yog‘li mahsulotlarni iste’mol qilmaydi.

Varun Dhavan nonushta uchun tuxum, suli bo‘tqasi va sendvich yeydi. Tushlikda esa bug‘da pishirilgan guruch, non, brokkoli va tovuq go‘shti bo‘ladi.

Sunil Shetti kunini tuxum oqi va qora non bilan boshlaydi. Suratga olish joyiga doimo non, sabzavotlar va guruch olib boradi. Ular aktyorga kun davomida kuch beradi.

Priyanka Chopra taom tanlamaydi, lekin doim tartibli ovqatlanadi. Aktrisa pitssa yoki paratha taomini ham yeyishi mumkin, ammo kundalik menyusida non, sabzavotlar, sho‘rva, salat, guruch va mevalar bo‘ladi. Priyanka mazali taomdan voz kechmasdan ham sog‘lom turmush tarzini saqlash mumkinligini isbotlagan aktrisadir.

Katrina Kaif ko‘proq yengil va tabiiy taomlarni afzal ko‘radi: u jigarrang guruch, loviya, sabzavotli salat va meva sharbatlarini yaxshi ko‘radi. Aktrisa tanasini toksinlardan tozalash va organizmni vitamin bilan to‘ldirishga e’tibor beradi.

Shilpa Shetti yoga va sog‘lom hayot tarafdori. U kunini choy, proteinli kokteyl, ikki dona xurmo va bir necha dona mayiz bilan boshlaydi. Tushlikda esa besh xil donli non, sabzavot va tovuq yeydi.

Siddhart Malxotraning asosiy tamoyili ko‘proq oqsil iste’mol qilishdir. U tovuqli, baliqli yoki go‘shtli taomlar yeydi, proteinli ichimliklar hamda ko‘p suv ichadi.

Foto: Instagram
Bipasha Basu ertalab 8 ta tuxumdan tayyorlangan omlet, qo‘ziqorinli tost yoki suli bo‘tqasi yeydi. Tushlikka esa yashil sabzavot va qovurilgan tovuqni tanlaydi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


