Buxoro yangiliklari
Buxorodagi tashkilotlar rahbarlarini Telegram orqali “lox qilgan” va pullarini qo‘lga kiritgan olotlik erkak ushlandi (video)
Buxoro viloyatida Telegram messenjeri orqali sodir etilgan firibgarlik holati fosh etildi. Unda nufuzli tashkilot rahbari nomidan foydalanilgan soxta akkaunt orqali pul undirishga urinish aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 28-dekabr kuni noma’lum shaxs Telegram platformasida viloyatdagi tashkilot rahbarlaridan birining ism-sharifi va shaxsiy suratlaridan foydalangan holda qalbaki akkaunt yaratgan. U o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, bir nechta korxona va muassasa rahbarlari bilan yozishmalar olib borgan.
Ishonchni mustahkamlash maqsadida u xabarlarida “xizmat bilan bog‘liq topshiriq” borligini aytib, masalani zudlik bilan hal qilish zarurligini urg‘ulagan. Shundan so‘ng turli bahonalar bilan pul mablag‘larini bank plastik kartasiga o‘tkazib berishni so‘ragan. Natijada rahbarlardan biri firibgarning gaplariga ishonib, uning ko‘rsatgan kartasiga 8 000 000 so‘m mablag‘ o‘tkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari o‘tkazilib, jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan. Aniqlanishicha, u 1982-yilda Olot tumanida tug‘ilgan, ilgari bir necha bor sudlangan, hozirda ishsiz bo‘lib, Kogon tumanida istiqomat qilgan.
Gumonlanuvchi viloyat ichki ishlar boshqarmasining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘linmasiga olib kelinib, u bilan bog‘liq tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, uning boshqa shunga o‘xshash firibgarlik holatlariga aloqadorligi bor-yo‘qligi ham tekshirilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov ishlari Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


