Buxoro yangiliklari

Buxoroda bojxona boshlig‘i g‘ijduvonlik yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi

picture
Foto: Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

Loading

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2025-yilning 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar bandligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, “Yoshlar balansi” asosida yoshlarni vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga biriktirish vazifasi belgilab berilgan edi.

Shuningdek, 2025-yil 19-noyabr kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan kambagʻallikni qisqartirish hamda aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ham yoshlar bandligini taʼminlash yuzasidan qator muhim topshiriq va vazifalar belgilandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi B. Muratovga Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi 16 nafar yosh biriktirildi.

Tashkilot axborot xizmatining xabar berishicha, yoshlarning mavjud muammolarini ijobiy hal etish, ularning hayotda munosib oʻrin egallashiga koʻmaklashish hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan amaliy uchrashuvda boshqarma boshligʻi har bir yosh bilan shaxsan muloqot oʻtkazdi.

Suhbat jarayonida yoshlarning qiziqishlari, kasbiy intilishlari va kelgusidagi rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Eʼtiborlisi, mazkur muloqotlarda mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda yoshlarning oila aʼzolari ham faol ishtirok etib, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, jamiyat uchun zarur boʻlgan yetuk kadrlar sifatida tarbiyalash masalalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida bir qator yoshlarga ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, mos ish oʻrinlari ham taklif etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.