Salomatlik

Ish joyingizdan hafsalangizni pir qiladigan 4 ta sabab

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Ba’zida ishga borish o‘zi bir sinovga aylanadi: go‘yo hammasi joyida, lekin ich-ichingizda nimadandir norozisiz. Ishdan keyin toliqish o‘tib ketadi, ammo ertasi kuni yana o‘sha hissiyot qaytadi — sababi esa aniq emas. Balki bunga kam maosh, zerikarli jarayonlar yoki rahbar bilan muloqotdagi sovuqlik sabab bo‘layotgandir. Quyida Daryo ko‘pchilik uchraydigan shu kabi yashirin sabablarga va ularni yengish yo‘llariga to‘xtalib o‘tgan.

1. Maosh kamligi

Aslida bu deyarli hammani tashvishlantiradigan omil. Biroq ko‘pchilik norozilik sabablarini har narsadan qidiradi-yu, gap pulda ekanini tan olmaydi. Ehtimol, ish boshida xodimni maosh miqdori qoniqtirgan. Ammo o‘shandan beri vazifalar o‘zgardi, ko‘paydi yoki murakkablashdi.

Shu bois rahbar yangi murakkab vazifani taklif qilganda, g‘ashlik paydo bo‘ladi. Aslida esa odam o‘zining hozirgi xizmatlari ilgarigidek baholanishiga xayolan rozi bo‘lmayotgan bo‘lishi mumkin.

Ba’zida kompaniya rahbariyati ham xodimga ko‘proq haq to‘lashga tayyor bo‘ladi. Har holda rahbar bu mavzudagi suhbatdan bosh tortmaydi. Lekin tashabbusni aynan xodimdan kutadi.

Почему в Казахстане такая низкая минимальная зарплата - informburo.kz

Nima qilish kerak?

Avvalo, hozirgi ko‘nikma va malakalaringiz uchun qancha maosh yetarli ekanini aniqlab oling. Buning uchun o‘zingizga savol bering: hozirgi maosh evaziga barcha ish majburiyatlarini bajarishni davom ettirishga tayyormisiz? 

O‘zingiz uchun ko‘nikma va vaqtingizni bajonidil almashtira oladigan summani belgilang. Kerakli daromadga erishish uchun qanday qadamlar qo‘yishingiz lozimligini o‘ylab ko‘ring.

Balki maoshni 20—25 foizga oshirish unchalik qiyin bo‘lmas. Shunchaki rahbar bilan gaplashib, nima uchun daromadingiz oshirilishiga loyiqligingiz haqida dalillar keltiring. Agar sizga kattaroq ustama kerak bo‘lsa, rahbaringiz bilan nima uchun aynan shunday maoshni adolatli deb hisoblashingizni muhokama qiling. Yoki unga qanday yangi vazifalarni o‘z zimmangizga olishingiz mumkinligini aytishga tayyor bo‘ling. Agar muzokaralar natija bermasa, raqobatchilarning bo‘sh ish o‘rinlariga e’tibor qarating.

2. Zerikish, “sug‘ur kuni” takrorlanayotgandek tuyg‘u

Ishning dastlabki oylarida hech kim zerikmasligi tabiiy. Ammo vaqt o‘tishi bilan ishdagi bir kun ikkinchisiga aynan o‘xshab qoladi. Va bu har doim shunday bo‘ladi, degan his paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, ahvol yomonlashmaydi, lekin bunday barqarorlik endi quvontirmay qo‘yadi. Inson kuniga 8 soatini behuda sarflayotgandek his qiladi. Yana bir zerikarli ish kuni haqidagi o‘ylar esa faqat g‘ashini keltiradi.

Счастливого Дня сурка: как работают популярные сценарные клише — Статьи на  Кинопоиске

Nima qilish kerak?

Bunday vaziyatlarda, odatda, biror narsani darhol o‘zgartirishni maslahat berishadi. Masalan, ishga boshqa yo‘l bilan borish, tushlikka noodatiy taomlarni tanlash, notanish vazifalarni bajarishga kirishish.

Yangi ishga kirishishdan oldin, o‘zingizni qanday his qilayotganingizni tushunib oling. Balki charchagandirsiz yoki uzoq vaqt stress holatida bo‘lgandirsiz. Va hozir sog‘lig‘ingizni yoki ruhiy holatingizni yaxshilashingiz kerakdir. Zero har qanday o‘zgarish uchun avvalo kuch-quvvat kerak. Organizm va ruhiyatingiz kuch va quvvatni tejayotgan bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun siz yangi imkoniyatlarga e’tibor bermayapsiz.

Avvalo imkon qadar bo‘shashing va dam oling. Agar ta’tilgacha uzoq bo‘lsa, bo‘sh vaqtingizda faqat kuchingizni tiklashga yordam beradigan ishlar bilan shug‘ullaning. O‘zgarishlar uchun yetarli kuchga ega ekanligingizni his qilsangiz, hayotingizga yangilik kiritish foydali bo‘ladi. Ehtimol, tez orada notanish ish vazifalari bilan ham shug‘ullanishni xohlab qolarsiz. Yoki ko‘nikmalaringizni qo‘llashning yangi sohasini izlarsiz.

3. Boshliq bilan xodim munosabati

Ba’zida rahbariyat xodimlarga ularning xatolari haqida gapiradi, ammo muvaffaqiyatlariga deyarli e’tibor bermaydi. Ba’zi boshliqlar kamchilik va nuqsonlarni o‘tkazib yubormaslik kerak, aks holda ular takrorlanadi, yaxshi ishlar haqida esa gapirishning hojati yo‘q, deb hisoblashadi.

Biroq ishchilar ko‘pincha boshqacha fikrda bo‘ladi. Ha, ular o‘z vaqtida bajarilgan loyihalar va yaxshi tuzilgan hisobotlar haqida boshliq indamasligiga, lekin har bir xatoga e’tibor berishiga ko‘nikib qolishadi. Dastlab xodimlar bunga e’tibor bermasliklari mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan bunday yondashuv jahlni chiqara boshlaydi. Zero har bir inson o‘z sa’y-harakatlarini e’tirof etilishini va munosib baholanishini istaydi.

Как разговаривать с начальником о трудных вещах | Идеономика – Умные о  главном

Nima qilish kerak?

Yechim oddiy: boshliq bilan gaplashib olish. Faqat suhbatni qanday g‘azablanganingiz haqida gapirishdan yoki talablar qo‘yishdan boshlamang. Aks holda rahbar darhol himoyaga o‘tadi va foydali muloqot bo‘lmaydi.

Rahbarni dushman emas, balki hamkor deb hisoblab, suhbatlashish lozim. Siz birgalikda bitta ishni qilasiz, lekin har biringizning o‘z nazorat doirangiz va vazifalaringiz bor. Shuning uchun to‘planib qolgan barcha anglashilmovchiliklarni oydinlashtirib olish har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi.

Agar rahbar takliflaringizga ijobiy yondashsa, vaziyat yaxshilanishi mumkin. Natijada asabiylashish uchun sabab kamayadi. Ammo muloqot chiqmasa, tushunmovchiliklar ortib borsa, bu yerda ishlashni davom ettirishni o‘ylab ko‘ring.

4. Karyera chegarasi

Ba’zan odamning hozirgi ishida hamma narsa joyida bo‘ladi. Maoshi qoniqarli, vazifalari qiziqarli. Rahbariyat uning sa’y-harakatlarini qadrlaydigan, hamkasblari do‘stona munosabatda. Ijtimoiy paket ham a’lo darajada – bundan yaxshisini tasavvur qilish qiyin. Biroq martaba o‘sishi uchun jiddiy istiqbollar yo‘q.

Masalan, xodim bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lishi mumkin. Va shu yerda to‘xtab qoladi, chunki uning rahbari o‘z ishini a’lo darajada bajaradi, kompaniyani chin dildan qadrlaydigan va hech qayerga ketishni xohlamaydi. Natijada uning o‘rinbosari karyera chegarasiga yetib, rivojlanish istiqbollarini ko‘rmaydi. Vaqt o‘tishi bilan bunday vaziyat unda g‘ashlik uyg‘otishi mumkin.

AQAC5GdvgF4z9ZoDnoIF44vBhaVTz1gbshY6vPtU7n4f7MdbfLAyJtAh2zYpKqjU10JAuAQmt9bV1tn1ckYvYI QJWQ

Nima qilish kerak?

Agar karyera chegarasiga yetay deb qolganingizni his qilsangiz, boshqa imkoniyatlarni izlash kerak. O‘ylab ko‘ring, qo‘shimcha vazifalarga mas’uliyat olib, maoshingizni oshirishingiz mumkinmi? Balki boshqa bo‘limga o‘tishingiz kerakdir. Yoki rahbariyatga kompaniya uchun yangi loyihalarni amalga oshiradigan alohida bo‘linma tashkil etishni taklif qiling.

Hozirda ishlayotgan kompaniyangizda ishlashning afzalliklari siz uchun qanchalik muhimligini o‘ylab ko‘ring. Agar o‘zgarishlar barqarorlikdan ko‘ra muhimroq bo‘lsa, boshqa joylardagi mos ish o‘rinlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.