Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (13.01.2026)
2026-yilning 13-yanvar, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ilgari sizga qo‘rquv yoki hadik bag‘ishlagan ishlarni bajarishda sergak va qat’iyatli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri yo‘ldan boring va hech narsadan hayiqmang.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Uxlashga yotishdan oldin ko‘p ovqat iste’mol qilishdan tiyiling. Ayniqsa, oshqozonida muammo bo‘lganlar ovqatlanish rejimi haqida bir soniya bo‘lsin unutmasliklari lozim.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ish bajarishda qadimiy odatlar va an’analarga amal qiling. Hali o‘zingiz yaxshi o‘rganib chiqmagan ishga qo‘l urmang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Moliyaviy masalada jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun rejalaringizni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling.
Arslon (24.07 — 23.08)
Rejadagi ishlarni bajarishga ulgurmay qolishdan qo‘rqmang. Sizda barcha yumushlarni uddalash uchun kuch ham, imkoniyat ham yetib ortadi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Salomatlikka alohida e’tibor bering. Bugun har qanday turdagi safarlardan voz keching. Ko‘ngli qoralarga ishonib sir aytmang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Har jabhada matonat ko‘rsating, bardoshli bo‘ling. Bugun aqliy mehnat kishilari muvaffaqiyat qozonishadi.
Chayon (24.10 — 22.11)
O‘z aybingiz bilan yolg‘izlanib qolishingiz mumkin. Esda tuting, atrofdagilarning fikriga quloq tutmay o‘z manfaatini o‘ylash ana shunday ahvolga tushirib qo‘yadi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Tejamkor bo‘lsangiz, yana qo‘shimcha davlat egasiga aylanasiz. Yirik hamda qimmatga tushadigan xaridlarni bekor qiling.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida mo‘may daromad egasiga aylanish bilan birga yangi hamkorlar topadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Atayin, qasddan sizni janjalli vaziyatlarga duchor etish payida bo‘lganlar bilan hamkorlik qilmang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Moliyaviy masalada yangi takliflar o‘rtaga tashlansa, albatta rozi bo‘ling.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha...
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


