Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyati Xitoy investitsiyasi markaziga aylanmoqda — 180 mln dollarlik “bomba” loyiha
Xitoylik investorlar Buxoroda mega-loyihani boshladi: chiqindidan elektr energiyasi olinadi
Xitoyning Wangneng Environment Co., Ltd. kompaniyasi Buxoro viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsion loyihani amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Loyiha “Aholi trans” MChJ bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Kecha, 17-yanvar kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Mizuda Group kompaniyasi raisi Shan Jianming boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, loyiha doirasidagi tashkiliy va amaliy masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuvda viloyat rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli va do‘stona aloqalar yirik loyihalarni samarali amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘layotgani qayd etildi.
Botir Zaripov Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan Buxoroda energetika va ekologiya yo‘nalishida hamkorlik kengayib borayotganini, ushbu loyiha esa hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, elektr ta’minotini yaxshilash hamda ekologik muammolarni kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Shan Jianming samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Uning aytishicha, investorlarga yaratilayotgan qulay sharoitlar tufayli Buxoroda zamonaviy texnologiyalar asosida yirik loyiha ishga tushirilmoqda.
“Bu mening Buxoroga ilk tashrifim. Shahar menga juda yoqdi. Kompaniyamiz hozirga qadar turli davlatlarda 50 ta shunday loyihani amalga oshirgan. Buxorodagi zavod 51-loyihamiz bo‘lib, u Markaziy Osiyodagi eng yirik chiqindini qayta ishlash majmuasiga aylanadi”, — dedi Shan Jianming.
Ma’lum qilinishicha, loyiha 180 million AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Uning amalga oshirilishi:
- chiqindilarning poligonlarda to‘planishini keskin kamaytirish,
- atrof-muhit holatini yaxshilash,
- energetika sohasida barqarorlikni ta’minlash,
- yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun: Wangneng Environment Co., Ltd. 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Xitoyning Chjetsyan viloyatida joylashgan. Kompaniya hozirda Xitoy, Kambodja, Tailand va Vyetnamda 50 ta qayta ishlash zavodiga ega. Korxonada 13 mingdan ortiq xodim ishlaydi. 2024-yilda kompaniya 4,44 mlrd dollar daromad, 785 mln dollar sof foyda qayd etgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


