Islom
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yomg‘irda nega bezovta bo‘lganlar?
Yomg‘ir rahmat yoki balo bo‘lib kelishi mumkin bo‘lgani sababli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shamol boshlansa, (yomg‘ir yaqinlashib kelayotganining alomati bo‘lgani uchun) kayfiyatlari o‘zgarib, bezovta bo‘la boshlardilar.
“Nega xavotirga tushdingiz?” deb so‘rashsa, ul zoti bobarakot: “Ummatimga jazo kelmadimikin deb qo‘rqaman”, deya javob berardilar.
Yomg‘ir yog‘a boshlaganda ul zot quyidagi duoni o‘qir edilar:
“Allohumma, inniy as-aluka xoyrohaa va xoyro maa fiihaa, va xoyro maa ursilat bih, va a’uuzu bika min sharrihaa va sharri maa fiihaa va sharri maa ursilat bih”.
Duoning ma’nosi: “Allohim, Sendan buning (shamolning) yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning (yomg‘irning) yaxshisini so‘rayman. Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonidan panoh so‘rayman”.
Shundan so‘ng, agar yomg‘ir sokin bo‘lsa, ul zot sollallohu alayhi vasallam yengil tortib qolar edilar, yomg‘ir ostiga chiqib, ko‘kraklarini ochardilar. Shu tarzda yomg‘ir olib kelayotgan rahmatdan bahramand bo‘lardilar. Buning sababi haqida so‘ralganda, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
“Bu yomg‘ir hozirgina Robbimning huzuridan (dargohidan) keldi”, deb javob berardilar (“Sahihi Muslim”).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yomg‘ir paytida mana bu duoni ham o‘qirdilar:
“Allohumma, havaalaynaa va laa ‘alaynaa”
Duoning ma’nosi: “Allohim, bu yomg‘ir atrofimizga yog‘sin, ustimizga yog‘masin” (“Sahihi Buxoriy”, “Sahihi Muslim”).
Momoqaldiroq gumburlasa, Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam quyidagicha ham duo qilardilar:
“Allohumma, laa taqtulna bi g‘odobik, va laa tuhliknaa bi ‘azaabik, va ‘aafinaa qobla zaalik”
Duoning ma’nosi: “Allohim, bizlarni g‘azabing ila o‘ldirma, azobing bilan halok qilma va bundan avval bizni avf qilgin” (“Sunani Termiziy”, “Musnad Ahmad” va “Adabul mufrad”. Imom Hakim, Zahabiy (Mustadrak, 2-jild, 286-sahifa) hamda Hofiz Ibn Hajar va alloma Jazariylar (Al-Futuhat ur-Rabboniya, 4- jild, 284-sahifa) bu hadisni sahih deyishgan).
Shuningdek, Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “…Agar yomg‘ir yog‘sa:
اللَّهمَّ صَيِّبًا نافِعًا
“Allohim! Foydali va nafli qilgin”, der edilar”. Duoning o‘qilishi: “Allohumma soyyiban naafi’an”. (“Sahihi Buxoriy”).
Yomg‘ir tingandan so‘ng o‘qiladigan duo:
“Mutirnaa bifazlil-laahi va rohmatih”
Duoning ma’nosi: “Allohning fazli va rahmati ila yomg‘ir yog‘di” (“Sahihi Buxoriy” va “Sahihi Muslim”).
Keltirib o‘tilgan ushbu duolar yomg‘ir yog‘ayotganda o‘qiladigan ko‘plab duolardan ba’zilari, xolos.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


