Buxoro yangiliklari

Buxoro mahallalarida nima gap? 19-yanvar yangiliklari

pic
Foto: Telegram (@Jamol_Nosirov)

Loading

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari Jamol Nosirov hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ma’lum qildi:

📍Kogon tumani, “Istiqbol” MFY, Xonsaroy qishlog‘ida nosoz holatga kelib qolgan suv quvurlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

📍Kogon tumani, “Bahouddin Naqshband” MFY, Kulolon qishlog‘ida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

📍Qorako‘l tumani, “Bandboshi ”MFY da mahalla raisi K. Karomov tashabbusi bilan hududdagi Ziyorat kanali homiylar ko‘magida betonlashtirildi.

📍Gʻijduvon tumani, “Baraka” MFY da 29 gektar maydonda “Oltinsoy” ekoturizm maskani barpo etilmoqda. Loyiha sayyohlikni rivojlantirish, mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

📍Gʻijduvon tumani, “Oqgul” MFY, Oqgul va Katta Mahallaqozi qishloqlarida Islom taraqqiyoti banki dasturi doirasida ko‘chalarni asfaltlashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2 ta ko‘prik yangilanib, Jindakon qishlog‘ida yangi transformator o‘rnatildi.

pic 02

📍Romitan tumani, “Qahramon” MFY da tadbirkor Azim Rustamov tashabbusi bilan 5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyat yuritmoqda. Uning 2,8 gektarida ko‘chatchilik, 2,2 gektarida esa mavsumiy sabzavotlar yetishtirilmoqda.

📍Peshku tumani, “Navbahor” MFY da yashovchi To‘ymurod Haydarov chorvachilikni rivojlantirib, oila a’zolari bilan hamkorlikda mollar sonini 80 boshga yetkazdi.

📍Vobkent tumani, “Rozmoz” MFY, Rozmoz qishlog‘ida 1 km ichimlik suvi tarmog‘i yangilandi, 15 ta zamonaviy chiroq, 2 ta transformator o‘rnatildi, 392 ta beton ustun almashtirildi. Beshrabot qishlog‘ida esa 1 km ichki yo‘l shag‘allantirilib, 3 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

📍Vobkent tumani, “Shakarkent” MFY, Shakarkent qishlog‘ida “Yashil makon” dasturi doirasida tut ko‘chatlari ekilib, homiylar tomonidan ariqlar betonlashtirildi.

pic 03
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.