Islom
Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Nikoh – mening sunnatimdir. Kim sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emasdir”
Inson yaralmasidan, Alloh butun mavjudotni yaratdi. Keyin maxluqot ya’ni Odam Atoni yaratdi. Odam Atoni chap qovurg‘alaridan Momo Havvo yaraldi. Oila birinchi Odam Ato va Momo Havvo nikohlari bilan qurilgan. Dunyoda jamiki insonlar ana shu oiladan tarqaganlar. Er va xotin shar’iy nikoh asosida yashab kelmoqdalar.
Odamni tuproqdan yaratgan va sokinlik topishi uchun undan o‘z juftini yaratgan, hamda ularning nikoh orqali oila qurib yashashlarini iroda qilgan Qodir va Hakim Allohimga U Zotning Jaloliga hamdu sanolar bo‘lsin!
“Nikoh mening sunnatimdir. Kim sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emasdir”, degan Rasulimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bitmas tuganmas salavotu salomlar bo‘lsin!
Oila mustahkam, tinch va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. “Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo‘rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar islohni iroda qilsalar Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir” ( Niso surasi, 35- oyat).
Bu oyati karimada kelishmovchilik ham er ham xotin tomonidan chiqqan paytda ko‘riladigan chora haqida gap ketmoqda. Boshqalar aralashib bo‘lsa ham oilani saqlab qolishga uriniladi. Oila muqaddas dargoh. Turli xil tashvish quvonchlardan iborat. Qur’oni Azimda “Er va xotin bir-birlariga libosdirlar” deb marhamat qilinadi. (Baqara surasi 187-oyat)
Shunday ekan ikki juft bir-birini kamchiligini yashirib, yo‘g‘ini to‘ldirib yashashi kerak. Bu o‘tkinchi imtihon dunyosida baxt kishiga hadeb kulib boqavermaydi. Birovning oti bo‘lsa, aravasi yo‘q, aravasi borning oti yo‘q. Oila baxti ham shunday. Bugun er-xotin o‘zini bag‘oyat baxtiyor his etadi, ertaga esa aksi. Oila baxtini bir daraxtga qiyos etsak, uni ikki o‘q ildizi bo‘ladi. Biri erning fazilatidan, ikkinchisi xotinning xislatlaridan suv ichadi. Agar bu barobarlik yo‘qolsa mas’ullik daraxtining umri qisqa bo‘lib qolishi mumkin (“Odamiylik mulki” kitobidan).
Kelinlarimizni gap-so‘zi ostonadan chiqmasin. Ota-bobolarimiz nikohning muqaddasligini his qilib yashaganlar. O‘tmishda ajrashish juda kam bo‘lgan. Sababi hayot og‘irliklari, sinovlari insonlar irodasini buka olmagan. Ular sabrli bo‘lganlar. Xotinlar erlaridan, erlar xotinlaridan hadeb kamchilik qidirmasdan, ularning bor fazilatlarini qadrlasalar, hurmatlasalar, bugungi ajrimlar keskin kamayardi. Farzandlarimiz ertasini o‘ylab, avvalo, oilada o‘z aqlu odobimiz, sabru toqatimiz, bir-birimizga chiroyli muomala-munosabatlarimiz bilan o‘rnak bo‘laylik. Shunda o‘z oilalarimizni, farzandlarimiz baxtini asrab avaylagan bo‘lamiz.
Qur’oni Karimning Zumar surasi 6-oyatida marhamat qilnadi:
“Alloh sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga taskin topishi uchun paydo qilgan Zotdir”.
Yaratgan Zot farzandu zurriyotlarimiz ila barchamizga baxtiyor saodatli oilaviy hayot bardavomligini nasib etsin!
Oyniso Yo‘ldoshova, Shofirkon tuman “Do‘rman” MFY otinoyisi
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


