Salomatlik

Smartfon bilan uxlash xavflimi? Shifokor javob berdi

pic
Foto: Cursorinfo.co.il

Loading

Mobil telefonlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz ulardan muloqot, ishlash, ma’lumot izlash va boshqa ko‘plab maqsadlarda foydalanamiz. Biroq smartfonga qaramlik kuchayib borayotgan bir vaqtda o‘rinli savol tug‘iladi: yostiq oldiga telefonni qo‘yib yotish zararlimi? Sevimli gadjetimiz doimiy qo‘limizda va cho‘ntagimizda turishi sog‘liq uchun qanchalik xavfli? Quyida Daryo shu savollarga javob izlagan.

1. Radiochastota nurlanishi

Mobil telefonlar signallarni uzatish uchun radioto‘lqinlaridan foydalanadi. Smartfonlardan chiqadigan radiochastota (RF) nurlanishi odatda past quvvatli bo‘lib, inson salomatligiga katta xavf tug‘dirmaydi. Biroq uzoq muddatli ishlatish yoki smartfondan noto‘g‘ri foydalanish ayrim xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.

Kundalik hayotda uchraydigan radiatsiya darajasi xavfsiz bo‘lishiga qaramay, mutaxassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda bo‘lish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qiladi. Bu qoida, ayniqsa, tungi uyqu vaqtida muhimdir. “Parvoz” (Rejim polyota) rejimidan foydalangan holda telefoningizni yotoqdan uzoqroq tutish maqsadga muvofiqdir.

2. Uyqu sifati

Uyqu tananing tiklanishi uchun zarur bo‘lgan muhim jarayondir. Ammo telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Birinchidan, mobil qurilmadagi ko‘k ekran uyquni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi. Shuningdek, uyqudan avval smartfondan foydalanish uyquga ketish vaqtini kechiktiradi.

Ikkinchidan, telefoningizga kelayotgan SMS-xabarlar va turli signal tovushlari dam olishingizga xalaqit beradi. Smartfon vibratsiyasi va ovozlar odamni uyg‘otib yuboradi, bu ham uyquning umumiy sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

3. Psixologik omil

Telefonni yotoq oldida qo‘yib uxlash gadjetlarga qaramlikni oshirishi mumkin. Smartfon yonida turganini ko‘rgan odamlar o‘zi istamasa va kerak bo‘lmasa ham behudaga ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishi kuzatiladi. Bu esa ruhiy salomatlik uchun zarardir. Smartfonga qaramlik stress va tashvish darajasining oshishiga olib kelishi fanda isbotlangan. Yangi axborotlarni ko‘rish uchun telefonni doimiy tekshirish, hatto uxlayotganingizda ham ish yoki ijtimoiy majburiyatlar haqida o‘ylash insonlarda yanada ko‘p stress paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

4. Gigiyena va salomatlik

Smartfon — bu o‘zimiz bilan hamma joyda olib yuradigan va doimo mikroblar va bakteriyalar ta’siriga uchraydigan predmet. Tadqiqotlarga ko‘ra, gadjetlar yuzasida turli infeksiyalarni keltirib chiqaradigan millionlab mikroblar mavjud.

5. Alternativ yechimlar

Avvalo, kechasi keladigan xabarlar sizni chalg‘itmasligi uchun “Bezovta qilinmasin” rejimini uyqudan avval yoqib qo‘ying. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qo‘l bormasligi uchun telefonni uzoqroqqa, yoki umuman boshqa xonaga qo‘yib yoting. Smartfondagi uyg‘otkich o‘rniga an’anaviy soatlardan foydalaning.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.