Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (03.02.2026)
2026-yilning 3-fevral, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ish bajarishda professional darajadagi usullaringizdan unumli foydalaning.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatda firib va aldovlarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz kutiladi. Oilasizlar buni ko‘tara olmasliklari mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kun davomida tilingizni tiying, o‘zingizga yaxshi bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun sizga o‘ta faollik naf keltirmaydi. Og‘ir karvon kabi oqim bilan birga oqib ketaverasiz.
Arslon (24.07 — 23.08)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda dimog‘dorlikka yo‘l bermang. Biling, bugun sizga yoqmagan inson bir kun kelib ishonchli ko‘makchi va dardkashga aylanishi mumkin.
Parizod (24.08 — 23.09)
Oilalilarga jufti va boshqa qondoshlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash tavsiya etiladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning ikkinchi yarmida do‘kon aylanib zarur xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun pulingiz yetarli.
Chayon (24.10 — 22.11)
Firibgar, yolg‘onchi, ikkiyuzlamachilar tuzog‘iga tushishdan o‘zingizni ehtiyot qiling. Ba’zilarning salomatligi kun oxiriga borib aynishi mumkin.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oilasizlar bugun his-tuyg‘u emas, tafakkurga quloq tutgan holda ish tutmoqliklari zarur.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kechqurun yaqin do‘stlar bilan kafeda bir piyola choy ustida suhbat qursangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugungi kunni tinchlik va ahillik kuniga aylantirsangiz, foyda ko‘proq bo‘ladi. Ahillik barakani ham, baxtni ham qo‘shqo‘llab tutqazadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Atrofdagilar bilan muloqotda har bir gapni o‘ylab gapiring. Bugungi kun energetika nuqtayi nazaridan juda og‘ir.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


