O‘zbekiston

G‘ijduvonda “Qo‘rg‘on” turizm mahallasida qurilish ishlari jadallashmoqda

photo
Foto: Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi

Loading

Shu kunlarda G‘ijduvon tumanining turistik salohiyatini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda mahalliy aholi bandligini ta’minlash maqsadida “Qo‘rg‘on” turizm mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va rekonstruksiya ishlari izchil davom etmoqda.

Loyiha doirasida bajarilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida viloyat turizm boshqarmasi tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Hozirga kelib mahallada gaz ta’minoti, elektr energiyasi va kanalizatsiya kabi asosiy infratuzilma tarmoqlari to‘liq tortilgan. Ichki ko‘chalarga tosh yotqizish ishlari yakunlangan. Qadimiy darvozalar qayta tiklanib, ularda yakuniy pardozlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tarixiy devorlar va hunarmandchilik markazi rekonstruksiya qilinib, qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

photo 02

Mazkur loyiha hududning turistik jozibadorligini yanada oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mahalliy iqtisodiyot rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.