Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (13.02.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 13-fevral, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Birinchi navbatda sizdan uzoqlashib ketgan eski qadrdonlar bilan munosabatlarni tiklang va shu orada moliyaviy muammolarni o‘z foydangizga ijobiy hal eting.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Anchadan beri oromingizni, tinchingizni o‘g‘irlagan ishlar nihoyat yakun topadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Allaqachon keraksizga, nafsizga aylangan masalalar bilan shug‘ullanishni to‘xtating. Bugungi kun bilan yashay boshlang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Azaliy rejalaringizni haqiqatga aylantirishga harakat qiling. Bugun yuqori lavozimli shaxslar bilan muloqot, ijtimoiy himoya tashkilotlariga borish va huquqshunos maslahatini olish muvaffaqiyat keltiradi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Notanish kimsalarning maslahatlariga umuman quloq tutmang. Ular sizga zimdan hasad qilib, yo‘lingizga jiddiy to‘siqlar qo‘yishni xush ko‘rishadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Shaxsiy hayotingizda har bir gapni o‘ylab gapiring. Og‘ir-bosiqlikka jiddiy e’tibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz muvaffaqiyatli hal bo‘ladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Juda charchagansiz, keyingi vaqtlarda ko‘p ishladingiz, ammo dam olish haqida umuman o‘ylab ko‘rmagansiz. Lekin bu ishingiz noto‘g‘ri.

Chayon (24.10 — 22.11)

Aqliy mehnat kishilari ham bugundan ko‘p ezguliklar umid qilishsa bo‘ladi. Garchi qattiq iltimos qilsalar-da, o‘zgalarning ishlarini bitirib berish fikridan yiroq bo‘ling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun tavakkalchilikka zinhor erk bera ko‘rmang. Aks holda bu xatoingiz oy oxirigacha oyog‘ingizdan olib, bezor qiladi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Spirtli ichimliklar iste’molidan juda-juda uzoq bo‘ling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ishxonada esa o‘zingizga tashqaridan turib nigoh tashlab olsangiz yomon bo‘lmasdi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Notanish odamlar bilan muloqotda juda hushyor bo‘ling. Salomatligingizni ehtiyot qiling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.