Salomatlik
Ijtimoiy tarmoqlar insonda yolg‘izlik hissini kuchaytirishi isbotlandi
Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan vaqt yolg‘izlik hissiyotini kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Daryo shunday yozmoqda.
Messenjer va ilovalarning ishlatilishi tobora ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning maqsadi odamlarni birlashtirish bo‘lsa-da, ko‘pchilik o‘zini yolg‘iz his qiladi. Maxsus tashkilotlarning hisobotlari “yolg‘izlik epidemiyasi”ning kuchayib borayotganini taʼkidlaydi va haqiqiy muloqot yetishmasligi kuniga 15 marta tamaki isteʼmol qilish kabi zararli ekanligini ko‘rsatadi.
“So‘nggi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida mening tadqiqotlarim telefon va ijtimoiy tarmoqlarni ishlatish va ularning farovonlikka taʼsiri ustida to‘plangan”, deydi tadqiqot muallifi Jeyms A. Roberts. U ijtimoiy tarmoqlarni ishlatishning turli usullarini va ularning kayfiyatga taʼsirini, ayniqsa yolg‘izlikning kuchayib borayotgan tendensiyasini o‘rganishning ahamiyatini taʼkidlaydi.
Taʼkidlash joizki, tahlil natijalarini olish uchun tadqiqotchilar Gollandiyada 2008-yildan beri olib borilayotgan “Ijtimoiy fanlar uchun uzun muddatli internet tadqiqotlari” tajribasining maʼlumotlaridan foydalanishgan. Ishtirokchilar har yili internet ishlatish va yolg‘izlik darajasi haqida so‘rovnomalarni to‘ldirishgan. Olimlar ilovalarni ishlatishni ikki turga bo‘lishdi: passiv (lenta, profillarni ko‘rish) va faol (xabarlarni joylashtirish, sharhlar, layklar).
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


