Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda qalbaki alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi

pic
Foto: Prokuratura departamenti

Loading

G‘ijduvon tumanida yirik miqdordagi qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qonunbuzarlik fosh etildi.

Aniqlanishicha, “X.N.” MChJ rahbari N.A. “Zarangari” MFY hududidagi savdo do‘konida umumiy qiymati 118,7 million so‘mlik mahsulotlarni sotuvga qo‘ygan. Ular orasida tegishli hujjatlarsiz va qalbaki aksiz markalari bilan muomalaga chiqarilgan 2 125 dona alkogol hamda 570 dona tamaki mahsulotlari bo‘lgan. Mazkur tovarlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qalbaki aksiz markali mahsulotlar nafaqat davlat byudjetiga zarar yetkazadi, balki iste’molchilar salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Bunday mahsulotlar sifatsiz va nazoratsiz ishlab chiqarilgani bois, ularning tarkibi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli noqonuniy aylanmaga qarshi kurashish doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda. Qalbaki mahsulotlar savdosiga yo‘l qo‘ygan shaxslar esa muqarrar ravishda javobgarlikka tortiladi. Aholiga esa mahsulot xarid qilishda aksiz markasi va hujjatlariga e’tiborli bo‘lish tavsiya etilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.