Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik folbinlar ko‘paymoqda

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Rossiyada so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlaridan, jumladan O‘zbekistondan kelayotgan folbin, sehrgar va ekstrasenslar soni ortgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda ekspert-dinshunos, Rossiya Davlat Dumasi huzuridagi fuqarolik jamiyati, jamoat va diniy birlashmalar masalalari qo‘mitasi ekspertlar kengashi a’zosi Igor Ivanishko ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir-ikki yil ichida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan Rossiyaga “ezoterik migratsiya” sezilarli darajada oshgan. Ekspertning ta’kidlashicha, bu shaxslar o‘z mamlakatlarida bunday faoliyat bilan shug‘ullanishda turli cheklovlarga duch keladi. Rossiyada esa folbinlik yoki ekstrasenslik xizmatlari aniq taqiqlanmagani sababli ayrim shaxslar bu yo‘nalishda faoliyat boshlashi mumkin.

Ivanishko fikricha, bunday xizmatlarga talabning oshishiga turli ijtimoiy omillar ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Ukrainadagi urush fonida ayrim harbiy xizmatchilarning qarindoshlari bedarak yo‘qolgan askarlar haqida ma’lumot olish yoki turli “himoya marosimlari” o‘tkazish umidida folbin va sehrgarlarga murojaat qilayotganini qayd etgan.

Ekspertning aytishicha, bunday faoliyat orqali ayrim shaxslar ishonuvchan fuqarolarni aldashi mumkin. Shu sababli u ezoterik xizmatlar faoliyatini tartibga solish zarurligini ta’kidladi. Ivanishkoning fikricha, bu sohani to‘liq taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilinishi qiyin, biroq hech bo‘lmaganda bunday xizmatlar reklamasini cheklash masalasiga e’tibor qaratish muhim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.