Buxoro yangiliklari
Azizjon To‘xtamishov Buxoro shahar hokimiga o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi
To‘xtamishov Azizjon Boltayevich Buxoro shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
A.To‘xtamishov 1984-yil 5-aprelda Jondor tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. U 2006-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini, 2023-yilda esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqotlar universitetining Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi — yer tuzish va yer kadastri hamda yer resurslaridan foydalanish va boshqarish.
Mehnat faoliyatini 2006-yilda Jondor tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatida turar joy binolari texnigi sifatida boshlagan. Keyinchalik Jondor tuman “Yermulkkadastr” xizmatida turli lavozimlarda, jumladan “Bir oyna” mutaxassisi va turar joy binolari mutaxassisi sifatida ishlagan.
2011–2012-yillarda Jondor tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bosh mutaxassisi, 2012–2013-yillarda esa Jondor tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2013–2017-yillarda Buxoro viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasida turli mas’ul vazifalarda, jumladan boshlig‘i va bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan.
Keyingi yillarda u Jondor tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati – injiniring kompaniyasi” DUK direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Qayd etish joiz-ki, shahar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois yangi tayinlov shaharda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga yangi sur’at bag‘ishlashi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida tizimli yondashuvni kuchaytirish shahar muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Ayniqsa, infratuzilmani modernizatsiya qilish, yashil hududlarni kengaytirish va zamonaviy shaharsozlik talablari asosida hududlarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Bu borada yangi rahbar oldida shahar hududlarini obod qilish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi ishlar turibdi. Mazkur yo‘nalishlarda olib boriladigan yangilanishlar Buxoroning yanada zamonaviy va yashash uchun qulay shaharga aylanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


