Buxoro yangiliklari
Jamol Nosirov Buxoroning olis hududlardagi mahallalarida o‘rganish olib bordi
Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jamol Nosirov mas’ullar hamrohligida Buxoro viloyatining chekka hududlarida joylashgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Xususan, Romitan tumani markazidan qariyb 80 kilometr uzoqlikdagi Gazli shaharchasida joylashgan “Gazli” va “Baynalminal” mahallalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gazli mahallasida 987 ta xonadonda 3 700 nafarga yaqin aholi istiqomat qilsa, Baynalminal mahallasi 620 ta xonadonni qamrab olgan. Tashrif davomida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, 1 oy avval hududdan kelib tushgan murojaatlar asosida qator muammolarga yechim topilgan. Jumladan, ikki mahallada 90 ta yangi tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, shuningdek Gazli mahallasidagi Talabalar va Toshkent ko‘chalarida 3 kilometr masofada shag‘allashtirish ishlari amalga oshirildi.
Shu kuni hududdagi 36-sonli qozoq tilida ta’lim beruvchi maktab hamda “Kelajak markazi” faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur markazda yoshlar qo‘g‘irchoq teatri, hunarmandchilik, tikuvchilik, biser bilan ishlash va rassomchilik yo‘nalishlarida kasb-hunar sirlarini o‘rganayotgani qayd etildi.
Mutasaddilar olis hududlardagi mahallalarda infratuzilmani yanada yaxshilash, aholi murojaatlariga tezkor yechim topish va ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi. Bu borada mahalla institutining imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim omil sifatida ko‘rilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


