O‘zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

pic
Foto: Prezident.uz

Loading

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi. Mazkur ziyoratgoh yurtimizning muqaddas maskanlaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari asosida yangidan qad rostladi.

Ziyoratgoh markazida joylashgan buyuk hadisshunos, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining tabarruk maqbarasi ziyorat qilindi. Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi, alloma ruhi poklariga hurmat bajo keltirildi.

Davlat rahbari muborak Ramazon hayiti arafasida bunday ziyoratning alohida ma’naviy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

— Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lgan hadislar to‘plamini yaratib, butun islom olamida yuksak obro‘-e’tibor qozongan buyuk allomadir. Muqaddas zaminimiz dunyoga ana shunday ulug‘ siymolarni bergani bilan faxrlanishga arziydi, — dedi Prezident.

Shuningdek, davlat rahbari ushbu majmua xalqimizning azaliy qadriyatlari, boy ma’naviy merosi va buyuk ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasi ekanini qayd etdi. Qisqa vaqt ichida bunyod etilgan ziyoratgoh o‘zining me’moriy yechimi, kengligi va zamonaviy sharoitlari bilan Imom Buxoriy hazratlarining olamshumul mavqeiga munosib tarzda barpo etilgani alohida ta’kidlandi.

Tashrif davomida majmua hududida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishildi. Bugungi kunda ushbu maskan nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki xorijiy mehmonlar uchun ham muhim ziyorat va ma’rifat markaziga aylanib bormoqda.

pic 02

Prezident bu kabi muqaddas maskanlar yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tashrif yakunida ushbu tabarruk maskan barcha yurtdoshlar uchun muborak bo‘lishi tilab, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va baraka so‘rab ezgu duolar qilindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.