O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari AQShdagi musobaqada rekord natija bilan g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Ilhom Salomov va III darajali serjant Turdimurod Avlayev AQShning Missisipi shtatidagi Camp Shelby bazasida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or jangchi — 2026” xalqaro musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

16–18-mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar AQSh Milliy gvardiyasi maxsus bo‘linmalari vakillari bilan kuch sinashdi. Dastur doirasida ishtirokchilar 13 ta murakkab shartni, jumladan, jismoniy tayyorgarlik testlari, tungi oriyentirlash, uzoq masofalarga yuk bilan yurish, qurol bilan ishlash, tibbiy tayyorgarlik va boshqa sinovlarni bajardi.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik harbiylar bir qator yo‘nalishlarda rekord natijalarni qayd etdi. Xususan, ular 20 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofani 1 soat 48 daqiqada bosib o‘tdi. Shuningdek, Turdimurod Avlayev murakkab to‘siqlar yo‘lagini 10 daqiqa 34 soniyada, Ilhom Salomov esa tungi 15 kilometrlik yo‘nalishni 59 daqiqada yakunladi.

Musobaqa yakunida harbiy xizmatchilar maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik harbiylar mazkur musobaqada 2019-yildan buyon muntazam ishtirok etib, har safar yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, g‘oliblar bugun, 22-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadi.
Mudofaa vazirligi xodimlari ushbu musobaqaning 2025-yilgi bosqichida ham rekord natija bilan g‘olib bo‘lgandi. Ular musobaqaning maxsus sovrini bilan taqdirlangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


