Mashhurlar
Islomda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar
Yer yuzida nikoh tushunchasini Alloh taoloning ko‘rsatmasi asosida hayotga tatbiq qiladigan ummat bu – Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning ummatidir.
Alloh taolo o‘zinig kalomida er–xotin o‘rtasida munosabat qanday bo‘lishi haqida shunday deydi:
هنّ لباس لكم و أنتم لباس لهنّ
Ma’nosi: “Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz” (Baqara surasi, 187-oyat).
Oyati karimada “libos” so‘zining ishlatilishida beqiyos hikmat bor. Libos insonga qadrli narsa bo‘lib, u avrat a’zolarini berkitib turadi. Uni boshqa mahluqotlardan ajratib turadi. Er va xotin o‘rtasidagi munosabatning libos so‘zi bilan ifodalanishidagi hikmat shundaki, libos insonni himoya qilib turgani kabi, er-xotin ham bir-birining yomonini yashirib, yaxshisini oshirishi kerak. Libos inson tanasiga eng yaqin narsa bo‘lganidek, er–xotin ham bir–biriga mehru-muhabbatda yaqin bo‘lib, bir tanu bir jon bo‘lsin va arzimagan urush–janjal sababli uzoqlashib ketmasin.
Hadisi sharifda rivoyat qilinadi, Hazrati Havo onamiz Hazrati Odam alayhissalomning chap qovurg‘asidan yaratilgan. Buning hikmati nimada? Nega bosh qismidan yaralmagan?
Bosh qismidan yaralmagani sababi: erining boshiga chiqib olib, oilada men boshman, deb o‘zining hukmronligini da’vo qilmasin, o‘zligini unutmasin. Nega oyoq qismidan yaralmagan?
Negaki, qul kabi erining oyog‘i ostida qolmasin va xor bo‘lmasin. Unda nega qovurg‘adan yaraldi?
Negaki, qovurg‘aning chap qismi inson yuragiga qanday yaqin bo‘lsa, ayol ham erinig qalbiga shunday yaqin bo‘lsin va uning seviklisi bo‘lsin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


