Qiziqarli
Nima sababdan arab erkaklari uzun oq libos kiyishadi?
Birlashgan Arab Amirliklari ko‘chalarida mahalliy erkaklarning oppoq, ayollarning esa qora libosda ekanligi ko‘pchilik sayyohlarda qiziqish uyg‘otadi. Bu kiyim tanlovi tarix, diniy qadriyatlar va iqlim sharoitlari bilan bog‘liq. Daryo shular haqida yozmoqda.
Dubay va Abu Dabi kabi shaharlar yil davomida havo harorati 45–50 darajagacha ko‘tariladigan, qum bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘ladigan cho‘l bag‘rida joylashgan. Shu sababli, milliy libos — kandura (ba’zi hududlarda dishdasha deb ataladi) ning asosiy vazifasi tanani jazirama quyoshdan asrash va salqinlikni ta’minlashdir.
Kandura asosan yuqori sifatli paxta yoki zig‘ir kabi tabiiy matolardan tikiladi. Oq rang quyosh nurini yaxshi qaytargani bois, u issiq havo uchun ayni muddaodir. Arablar uchun bu rang nafaqat qulaylik, balki olijanoblik, qadr-qimmat va muqaddaslik ramzi hamdir.
Qizig‘i shundaki, qishning salqin kunlarida amirliklar qaymoq rang, och yashil, kulrang yoki hatto to‘q ko‘k rangli qalinroq kiyimlarga o‘tadi. Bosh kiyimi hisoblangan oq mato — gutra esa boshni quyosh urishidan, yuzni esa chang-to‘zondan himoya qiladi. Uni boshda ushlab turadigan qora halqa — igalning ham o‘z tarixi bor: qadimda badaviylar kechasi tuyalarini bog‘lash uchun aynan shu arqondan foydalangan.
Amirlik erkaklari o‘z milliy kiyimlariga nihoyatda e’tiborli va talabchan munosabatda bo‘lishadi. O‘zini hurmat qilgan har bir erkakning garderobida 50 tagacha oq libos mavjud bo‘lib, ular kiyimini kuniga 2-3 marotaba almashtiradi. Agar kandurada ozgina dog‘ yoki kir ko‘rinsa, u darhol yangisiga almashtiriladi. Shu sababli, ko‘chada kiyimining ozodaligiga e’tibor bermagan amirliklikni uchratish deyarli imkonsiz. Libos ostidan har doim vizar deb ataladigan maxsus belbog‘-mato va shim kiyiladi, bu esa ham odob, ham gigiyena nuqtayi nazaridan muhimdir.
Yana bir o‘ziga xos detal — kanduraning bo‘yin qismidan osilib turadigan uzun popuk, ya’ni karkushadir. Qadimda bu popukni xushbo‘y atirlarga botirib qo‘yishgan, natijada erkak kishi harakatlanganda undan yoqimli hid taralgan.
BAA da ayollar asosan qora rangdagi abayada yuradi. Abaya — keng, uzun va yengil ustki kiyim bo‘lib, tanani butunlay yopadi. Qora rangning tanlanishi ko‘pchilikka g‘alati tuyulishi mumkin, chunki issiq mintaqada qorani issiqni ko‘proq yutadi, deb hisoblashadi. Biroq amaliyotda abaya ko‘pincha yupqa, havoni yaxshi o‘tkazadigan matodan tikiladi va tanaga yopishmaydi. Natijada tana bilan kiyim orasida havo qatlami hosil bo‘lib, bu ichki salqinlikni saqlashga yordam beradi.
Qora rangning madaniy va diniy sabablari ham bor. Islom an’analarida ayolning kamtarona va e’tiborni tortmaydigan ko‘rinishda bo‘lishi muhim sanaladi. Qora rang ko‘zga kam tashlanadi, u jiddiylik, sokinlik va kamtarlik ramzi sifatida qabul qilinadi. Shu bois tarixan arab jamiyatlarida qora ayollar uchun eng maqbul rang sifatida qaralgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


