Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (28.04.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 28-aprel, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Atrofdagilarga nisbatan adolatli bo‘ling. Kechqurun esa toza havo sayriga chiqing.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Oilali do‘stlarimiz bola tarbiyasida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsalar, bugun o‘sha xatolarni tuzatish uchun imkoniyat bor, undan unumli foydalanib qoling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Muhabbatda ko‘plab quvonchli lahzalarni boshdan kechirasiz. Ammo kunning ikkinchi yarmida surunkali xastaliklar qo‘zg‘alish ehtimoli bor.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Sirlaringizni faqat bo‘lg‘usi juftingizgina bilsin, vassalom. Shaxsiy hayotda ham, ishda ham o‘zingizga to‘liq ishongan holda harakatlar sodir eting.

Arslon (24.07 — 23.08)
Atrofingizni qurshab turganlarni saralash payti yetdi. Sizni sevguvchi, hurmatlaguvchilarni bir tomonga, hasad va g‘iybatdan bo‘shamaydiganlarni bir tomonga qo‘ying. Ikkinchi tomondagilar bilan aloqani uzing.

Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotingizda yo‘l qo‘yilgan xatolaringizni yo‘l-yo‘lakay tuzata borish tadbirini ko‘ring. Juftingiz bilan muloyim ohangda so‘zlashing.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Kuningiz unumli kechadi. Shaxsiy hayotda, salomatlik masalasida muammolar ko‘zga tashlanmaydi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Qarindoshlar bilan o‘zaro munosabatlar bugun yuqori darajada bo‘ladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oila qurmagan bo‘lsangiz, muhabbatda mo‘jizalarga ishonib qolmang.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tashqarida bahor. Demak, siz ham yoqimli tanaffuslarni paydo qiling va hayotingiz yanada yorqin tus olishini ta’minlang.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moddiy to‘kinlikka erishish yo‘lidagi harakatlaringiz zoye ketmaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Ayrim rejalaringiz siz mo‘ljallagandek hal bo‘lmasligi mumkin. Biroq bu qo‘rqinchli emas.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.