Hodisalar
Ishqiy yozishmalarni xotiniga oshkor etmaslik uchun vobkentlik erkakdan pul talab qilgan qiz ushlandi
Birovning sha’ni va qadr-qimmati orqali boylik orttirishni maqsad qilgan kimsaning qilmishi qonuniy jazo bilan yakunlandi. Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi, oilali va ikki nafar farzandning otasi bo‘lgan fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, o‘ziga tanish bo‘lgan ayol tovlamachilik qilayotganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 1991-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan ayol va jabrlanuvchi o‘rtasidagi ishqiy yozishmalarni ayolning dugonasi (2007-yilda tug‘ilgan qiz) ko‘rib qoladi. Shundan so‘ng, ushbu ma’lumotlarni oshkor qilish va erkakni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qila boshlaydilar. Dastlab ayol o‘z dugonasiga pul berib, uning og‘zini yopishga harakat qiladi, biroq keyinchalik bu ikki ayol o‘zaro til biriktirib, vaziyatdan moddiy manfaat ko‘rishni rejalashtirishadi.

Ayol jabrlanuvchi bilan bog‘lanib, sir tutilishi kerak bo‘lgan yozishmalarni uning oilasi va turmush o‘rtog‘iga yetkazish, natijada oilasini buzib yuborish bilan tahdid qiladi. Ushbu ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga u erkakdan jami 6 million 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni talab qiladi.
Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 2026-yilning 17-aprel kuni soat 19:30 larda, savdo do‘konlaridan birining oldida, jabrlanuvchiga tegishli «Spark» rusumli avtomashina ichida gumonlanuvchi ayol talab qilingan 100 AQSh dollari va 5 million 600 ming so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


