Islom

Sabr uch xildir: Allohga sabr, Alloh bilan sabr, Alloh uchun sabr…

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Sabr-nafsni qayg‘u va achchiqlanishdan, tilni shikoyatdan va a’zolarni tashvishdan tutib turishdir.
Feruzobodiy aytadi: “Sabr uch xildir: Allohga sabr, Alloh bilan sabr, Alloh uchun sabr”.

Alloh taolo sabrni Qur’oni Karimda bir yuz uchta oyatda zikr qilgan.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va albatta, u chin dildan qo‘rquvchilardan boshqalarga juda katta ishdir”. (Baqara surasi, 45-oyat)

Biz “yordam so‘rang” deb tarjima qilgan ibora arab tilida “ista’iynu” deb kelgan. Bu so‘zning ma’nosi bir ishga urinib turib, yana qo‘shimcha yordam so‘rashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu bilan birga, Alloh taolodan yordam so‘raydi.

Sabr ko‘pchilik hayol qilgandek salbiy ma’nodagi tushuncha emas. Ya’ni, nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb harakatsiz turish sabr emas. Aksincha, sabr – Alloh taoloning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdan iboratdir.

Alloh taolo aytadi: “Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Sendan rizq so‘ramaymiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvodornikidir” (Toha surasi, 132-oyat).

Abu Sa’id roziyallohi anhudan rivoyat qilinadi: “Ansoriylardan bir qancha odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mol so‘radilar. Bas, u zot ularga berdilar. So‘ngra yana so‘radilar, yana berdilar. So‘ngra yana so‘radilar, yana berdilar. Hatto huzurlaridagi narsa tugadi”.

Shunda u zot: “Huzurimda nima yaxshilik bo‘lsa, sizlarga bermay olib qolmasman. Kim iffattalab bo‘lsa, Alloh uni iffatli qilur. Kim behojatlik talab qilsa, Alloh uni behojat qilur. Kim sabr talab qilsa, Alloh uni sabrli qilur. Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengroq ato berilmagan”, dedilar.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.