O‘zbekiston
Endilikda barcha davlat tibbiyot muassasalari majburiy litsenziyalanadi
Kecha, 1-may kuni davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda xususiy tibbiyotning sohadagi o‘rni sezilarli darajada oshib borayotgani qayd etildi. Xususan, 2016-yilda 3,2 mingta bo‘lgan xususiy klinikalar soni 2026-yilga kelib 8,7 mingtaga yetishi kutilmoqda. Xususiy tibbiyot yo‘nalishlari 39 tadan 116 taga kengaygan, koyka o‘rinlari esa 16 mingdan 57 mingtagacha ko‘paygan. Natijada xususiy sektor ulushi umumiy koyka fondida 12 foizdan 31 foizgacha oshishi prognoz qilinmoqda.
Shu bilan birga, tizimdagi muammolar ham ochiq ko‘rsatildi. Jumladan, tibbiy xizmat sifati ustidan nazorat yetarli emasligi, litsenziyalash talablari eskirgani, klinikalar faoliyati bo‘yicha yagona elektron baza yo‘qligi va investitsiyalar bilan ishlash tizimi sustligi qayd etildi.
Yangi yondashuvlarga ko‘ra, tibbiy faoliyatni litsenziyalash vakolatlari maxsus markazga o‘tkazilib, 2026-yil 1-iyuldan boshlab tartiblar kuchaytiriladi. 48 ta talabdan 14 tasi qayta ko‘rib chiqiladi. Endilikda ko‘p tarmoqli klinikalarni to‘liq yopish amaliyotidan voz kechilib, faqat qoidabuzarlik aniqlangan yo‘nalish bo‘yicha cheklov qo‘llanadi.
Tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan nazorat elektron tizim orqali masofadan turib olib boriladi. Shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy klinikalarga transplantatsiya amaliyotini bajarishga ruxsat berish taklif qilindi. 2028-yildan boshlab esa akkreditatsiyadan o‘tmagan muassasalar bilan davlat tomonidan xizmat xarid qilinmaydi.
2030-yilgacha barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyadan o‘tkaziladi. Jumladan, 2027-yilgacha 55 ta respublika, 2028-yilgacha 413 ta hududiy va 2030-yilgacha 3 mingdan ortiq tuman (shahar) muassasalari qamrab olinadi.
Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million dollarlik imtiyozli kredit ajratilishi rejalashtirilmoqda. Har bir loyiha uchun 10 yilgacha muddatga 10 million dollargacha kredit beriladi va foiz stavkasining 50 foizi qoplab beriladi. Xorijiy mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, tibbiy uskunalar importiga bojxona imtiyozlari beriladi.
Shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb qilish uchun yangi tizim yaratiladi. Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilib, investorlar uchun “yagona darcha” tizimi joriy etiladi. Agentlik huzurida “Health Invest” kompaniyasi tuzilib, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Davlat tibbiyot muassasalarini korporativ boshqaruv asosida transformatsiya qilish, xorijiy tajribani joriy etish va qurilish-me’yoriy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish ham rejalashtirilgan.
Yig‘ilish yakunida Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Mazkur islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini yanada ochiq, raqobatbardosh va sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


