Islom
Yolg‘on rizqni kamaytiradi
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar banda yolg‘on gapirsa, u qilgan narsaning sassig‘idan farishta undan bir mil nariga uzoqlashadi”, dedilar.
Bu dunyoda bandani qo‘riqlab turish uchun biriktirilgan farishta ham uning yolg‘oni sassig‘idan hazar qilib, undan qochar ekan. Farishtasi o‘zidan qochgan odam kim degan odam bo‘ladi? Xalq ichidagi “Falonchining farishtasi yo‘q”, degan qabildagi gap bejiz emas. Shuning uchun ham zinhor va zinhor yolg‘on gapirmaslik lozim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ota-onaga yaxshilik qilish umrni ziyoda qiladi. Yolg‘on rizqni kamaytiradi. Duo qazoni qaytaradi”, dedilar.
Ushbu hadisda yolg‘onning bu dunyodagi zararlaridan biri-rizqni kamaytirishi zikr qilinyapti. Demak, Alloh taolo yolg‘onchi kishining uyidan, korxona boshlig‘ining korxonasidan, yolg‘onchi podshohning yurtidan barakani ko‘taradi, rizqlarini qisqartirib qo‘yadi. Ushbu haqiqatni bugungi kun tajribasida ham ko‘rib turibmiz.
Yolg‘onchiligi bilan tanilgan nusxalarning hayotiga nazar solsangiz, rizqi qisqaligini ko‘rasiz. Ular o‘zlarining yolg‘onchilik sifati ularga bu dunyo va oxiratda yaxshilik keltirmasligini teran anglab yetishlari kerak. Jumladan, bu dunyoda rizqlari tor bo‘lib, topganlari barakasiz bo‘lib, duch kelgandan qarz so‘rab yurishlari bejiz emasligini tushunishlari lozim.
Demak, bu dunyoyu u dunyoning baxtiga erishmoqchi va ikki dunyoning azob-uqubatidan, sharmandaligidan qutulmoqchi bo‘lsak, rizqimizning keng va serob bo‘lishini istasak, yolg‘ondan qutulishimiz lozim ekan. Bu ishda katta-yu kichik, erkag-u ayol, fuqaro-yu amaldor barobar harakat qilmog‘i lozim. Ana shundagina yaxshilikdan umid qilsak bo‘ladi.
Alloh taolo barchamizni yolg‘onchilikdan va yolg‘onchilarning kasridan O‘zi asrasin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


