Buxoro yangiliklari
Ichki ishlar xodimi nega bolalar velosipedini kechki payt “podyezd”dan olib chiqmoqda? — bunga sabab nima?
Buxoro viloyati IIB tomonidan e’lon qilingan suratlarda patrul-post xizmati xodimlarining ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida qarovsiz qoldirilgan bolalar velosipedlarini olib chiqayotgani aks etdi. Ma’lum qilinishicha, bu holat profilaktik tadbirlar doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, fuqarolar mulki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa tungi vaqtlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan velosiped va skuter o‘g‘riliklariga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirgan. Shu maqsadda ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari, podyezd va umumiy foydalanish hududlarida qarovsiz qoldirilgan buyumlar aniqlanib, fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bolalar aravachalari, velosipedlar va boshqa buyumlarni podyezd yoki ochiq yo‘laklarda qoldirish o‘g‘rilik holatlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois xodimlar tomonidan manzilli viktimologik profilaktika tadbirlari olib borilib, aholining hushyorligi oshirilmoqda.
Patrul-post xizmati xodimlari, shuningdek, tungi vaqtlarda jamoat joylarida tartibni saqlash, shubhali shaxslarni tekshirish, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz yurishiga chek qo‘yish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tun-u kun xizmat olib bormoqda.
Mas’ullar fuqarolardan shaxsiy buyumlarni qarovsiz qoldirmaslik, ko‘p qavatli uylarning umumiy yo‘laklarida qimmatbaho buyumlarni saqlamaslik va xavfsizlik qoidalariga amal qilishni so‘ramoqda.
Aytgancha, Sizning ham yuqoridagi ro‘yxatda keltirilgan buyumingiz birdan yo‘qolib qolsa, xavotirlanishga shoshilmang. Dastlab yaqin oradagi IIB ga tashrif buyurib, vaziyatni tushuntiring. Ballki, Siz izlayotgan buyum aynan o‘sha yerda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


