Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanida “Arashan” zotli qo‘ylar soni 1 000 boshga yetdi
Buxoro tumani “Kunji Qalʼa” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Ravshan Bukhara Arashan Selection” MChJ chorvachilik yoʻnalishida muhim natijalarga erishib, qoʻylar bosh sonini 1000 taga yetkazdi.
2026-yil boshida tashkil etilgan korxona qisqa vaqt ichida faoliyatini izchil kengaytirib, zamonaviy chorvachilik va naslchilik texnologiyalarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Korxonada asosiy yoʻnalish sifatida zotdor qoʻylarni parvarishlash, seleksiya ishlarini rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish ishlari olib borilmoqda.
Korxona rahbari Rahmonali Hoshimovning taʼkidlashicha, xoʻjalikda “Arashan” zotli qoʻylarni koʻpaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Hozirda qoʻylar bosh soni 1000 taga yetkazilgan boʻlsa, kelgusida bu koʻrsatkichni 3000 boshga yetkazish rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida xorijdan yuqori nasldor qoʻylarni olib kelish, ularni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish hamda seleksiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa nasldor chorva mollarining sifatini yanada yaxshilash va mahsuldorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Korxonada yem-xashak bazasini mustahkamlash, veterinariya xizmatlarini takomillashtirish, zooveterinariya nazoratini kuchaytirish hamda chorvachilikni zamonaviy texnologiyalar asosida yuritishga katta eʼtibor qaratilgan. Natijada chorva mollarining sogʻlom oʻsishi va yuqori mahsuldorlikka erishish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bunday loyihalar hududda naslchilik ishlarini rivojlantirish, sifatli goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ichki bozorni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, chorvachilik xoʻjaliklarining kengayishi yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi tarmogʻining iqtisodiy samaradorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Buxoro tumanida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar chorvachilik sohasini zamonaviy asosda rivojlantirish, nasldor chorva bosh sonini ko‘paytirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Kelgusida mazkur xoʻjalikning yanada kengayishi va zamonaviy naslchilik markazlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


