Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (02.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 2-iyul, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kun davomida qarindoshlardan biri bilan xafalashib olishingiz ham haqiqatdan uzoq emas. Moliyaviy jihatdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
E’tiborsiz bo‘lsangiz, zahiradagi pullaringizni tiyin-tiyinigacha sarflab qo‘yishingiz hech gap emas. Shunday bo‘lib chiqsa, moddiy ahvolingiz ayanchli ko‘rinishga kelib qolishi tayin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ro‘zg‘oringizda yo biror jihoz buzilib qoladi, yoki aksincha yangi jihoz xarid qilishingiz kutiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun voqea-hodisalar bir maromda davom etmaydi. Shunga qaramasdan, kuningiz yoqimli kechadi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, profilaktika boshlashingiz shart. Busiz organizmingiz yaqin orada pand bera boshlashi mumkin.

Parizod (24.08 — 23.09)
Ishxonadagi hamkasblardan biri anchadan beri sizga ko‘z tashlayverib zeriktirgan bo‘lsa, bugun fursat topib u odam bilan ochiqchasiga gaplashib oling.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Fitness klub, go‘zallik saloniga borgan va sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug‘ullangan ayollar va qizlarimiz muvaffaqiyatga erishishadi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Moliyaviy masalada katta pulga ega chiqmasangiz-da, pulsiz qolib ketmaysiz. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan til topisha olmasligingiz tufayli asabbuzarliklar yuzaga kelishi mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechki payt kimlarningdir xonadoniga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Kimlardir esa yolg‘iz qolib ruhiy mukammallik sari intila boshlaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Muhabbatda faqat o‘ziga qattiq ishonganlargina muvaffaqiyatga erishadi. Bu masalada qo‘rqoqlik, hardamxayollik ketmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yolg‘iz o‘zingiz kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Yo huquqshunos, yo badavlat tanishlardan biri zarur bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun ertalab uyqudan uyg‘ongach, jismoniy mashqlar bajarishni boshlashingiz tavsiya etiladi. Agar bel va oyoq qismlaringizda jiddiy og‘riqlar zohir bo‘lsa, mashqlar albatta foyda beradi.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.