Buxoro yangiliklari
Olotliklarning 1,5 km ichki yo‘llari asfaltlashtirildi
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha yo‘lsozlari qatori Olot tumani yo‘lchilari “Obod qishloq” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Jumladan, Olot tumanidagi “Davlatboy” mahallasida ham yo‘l qurish va ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Dastur bo‘yicha mazkur qishloqda 1,5 km ichki yo‘l ta’mirlanib nihoyasiga yetkazildi.
Har bir xonadon egasi uy-joylarining atroflarini, tomorqalarini tartibga keltirib, ariq-zovurlarni tozalash, mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazish ishlari bilan band. Amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar natijasida qishloqlar kundan-kunga ko‘rkamlashib, obod bo‘lib bormoqda. Farovon turmush tarziga osongina erishib bo‘lmaydi. Buning uchun esa har bir shaxs halol mehnat qilishi, jamiyatda esa uning faoliyati uchun yetarlicha imkoniyat yaratilgan bo‘lishi kerak.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi