Buxoro yangiliklari
Buxoroda 11 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochiq tenderga chiqarildi
Buxoro viloyatidagi 11 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishini tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha ochiq tender e’lon qilindi. Tender 2026-yil 4-noyabr kuni soat 12:00 da elektron tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati transport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tenderga sakkizta shahar atrofi va uchta viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalish loti chiqarilgan. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov ikkala tomondan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Shahar atrofi yo‘nalishlarida M1 toifasidagi transport vositalari uchun quyidagi lotlar taqdim etilgan:
- 207 — Yangi bozor — Mahalla (M1);
- 288 — G‘ijduvon avtostansiyasi — S. Ayniy (M1);
- 270 — G‘ijduvon avtostansiyasi — Xaticha (M1).
M3 toifasidagi transport vositalari uchun shahar atrofi yo‘nalishlari:
- 355 — Buxoro avtovokzali — Romitan bosh bekati (M3);
- 480 — Qorako‘l avtostansiyasi — Sayot MFY (M3);
- 404A — Yangi bozor — Kuyovxo‘ja — Obidxo‘ja (M3);
- 485 — Olot bekati — Bojxona (M3);
- 354 — Ko‘chko‘mar MFY — Karvon buyum bozori (M3).
Viloyat ichidagi shaharlararo qatnov bo‘yicha M3 toifasidagi quyidagi yo‘nalishlar tenderga chiqarilgan:
- 504 — Buxoro avtovokzali — Qorovulbozor bekati (M3);
- 507 — Chorbakr bosh bekati — Olot bekati (M3);
- 2A — Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy — Xo‘ja Bahouddin Naqshband Buxoriy (M3).
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


