Buxoro yangiliklari

“Moshin bozor”dagi do‘konni o‘marmoqchi bo‘lgan shofirkonlik o‘g‘rilar ushlandi

photo 238

Loading

Joriy yilning 23-aprel kuni taxminan soat 22:20 larda Buxoro shahrida joylashgan “Sitora” mashina bozori hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Buxoro shahar qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan bozor hududidagi savdo do‘konlarini ko‘zdan kechirish jarayonida do‘konlardan birining ichkarisiga g‘ayriqonuniy ravishda 2 nafar noma’lum shaxslar kirganligi aniqlangan.

Qo‘riqlash xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbir natijasida ushbu shaxslar hamda ularni bozor tashqarisida “Matiz” rusumli avtomashinada kutib turgan jinoiy sherigi voqea joyida ushlangan hamda o‘rnatilgan tartibda ushbu shaxslar Buxoro shahar 3-sonli IIB tezkor-tergov guruhiga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma’lum shaxslar Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqarolar 2004-yilda tug‘ilgan, A. S., 2004-yilda tug‘ilgan, R. O. hamda “Matiz” avtomashinasi haydovchisi 1998-yilda tug‘ilgan X. M. ekanligi aniqlangan. Shuningdek, avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda o‘tkir tig‘li pichoq, 5-dona telefon apparati borligi aniqlanib, barcha ashyoviy buyumlar rasmiylashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.