Buxoro yangiliklari
“Gazli gazni qayta ishlash zavodi” ning gaz quyish tarmog‘i foydalanishga topshirildi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” suyultirilgan gaz ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida, “Gazli gazni qayta ishlash zavodi” da bo‘ldi.
Zavodda Propan-butan aralashmasini olish qurilmasining 2-bosqichi muvaffaqiyatli ishga qo‘shilib, suyultirilgan gaz mahsuloti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani xaqida xabar bergan edik.
Boshqaruv raisining tashrifi davomida, ushbu qurilmadan ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gaz Zavodning suyultirilgan gaz quyish tarmog‘idan respublika aholisiga yetkazib berila boshlandi.
“Gazli gazni qayta ishlash zavodi” da Propan-butan aralashmasi olish qurilmasini ishga tushirilishi munosabati bilan yillik suyultirilgan gaz ishlab chiqarishning quvvatlari oshdi. Shuni inobatga olgan holda loyiha doirasida Suyultirilgan gaz quyish tarmog‘ida mahsulot saqlash sig‘imlari o‘rnatildi.
Shuningdek, 10 ta hajmi 200 kub metr bo‘lgan sig‘im Rossiyaning “Azstraststroy” zavodidan, gazni quyishga mo‘ljallangan porshenli kompressor agregatlari “Promresurs” kompaniyasi tomonidan keltirilib, o‘rnatildi.
Boshqaruv raisi suyultirilgan gazni aholiga yetkazilishi borasida bu yerda bajarilgan ishlarni nazorat qildi va belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinmaganlik holati uchun mas’ullarga tanbeh berdi va qisqa fursatda bu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Boshqaruv raisi rasman Suyultirilgan gaz quyish tarmog‘ini foydalanishga topshirilishiga ruxsat berdi va Gazli gazni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gaz mahsuloti o‘zining ilk iste’molchilari uchun yuklab jo‘natila boshlandi.
Boshqaruv raisi suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinalar haydovchilari bilan suhbat qurib, ularning fikrlari bilan qiziqdi. Haydovchilar o‘z navbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarga qatnash oson bo‘lganini, yo‘l qisqarganini bildirishdi.
Ta’kidlash kerakki, avvallari suyultirilgan gaz Qashqadaryo viloyati Gʻuzor va Muborak tumanida joylashgan zavodlardan tashib kelingan.
Suyultirilgan gaz quyish tarmog‘iga o‘rnatilgan sig‘imlar, avtomatik boshqaruv tizimi va elektr ta’minoti uskunalarining qurilish-montaj ishlari “O‘zbekneftgaz” AJ ning malakali mutaxassislari nazorati ostida bosh pudratchi “Muborakneftgazmontaj” AJ tomonidan amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida kunlik gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi 200 tonna va suyultirilgan gaz ishlab chikarish 180 tonnaga yetkazildi. Bu ko‘rsatkich yil yakuni bilan 117 400 tonnaga va 73 300 tonna ishlab chiqarilishiga erishiladi.
Ishlab chiqarilgan suyultirilgan gaz «Hududgazta’minot» AJ orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarning hududiy iste’molchilariga yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Gazli gazni qayta ishlash zavodi” Buxoro viloyati, Romitan tumani hududida joylashgan bo‘lib, 1980-yilda ishga tushirilgan. Suyultirilgan gaz quyish tarmog‘i Propan-butan aralashmasini olish qurilmasida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni saqlash va iste’molchilarga tarqatishga mo‘ljallangan bo‘lib, 2 200 tonna mahsulot saqlash imkoniyatiga ega
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi