Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda xo‘roz urushtirish o‘yinlarini o‘tkazayotgan shaxslar aniqlandi

photo 240

Loading

Buxoro viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra o‘tkazilgan tadbir davomida G‘ijduvon tumani “Zarafshon” mahallasida yashovchi fuqaro H. O. hamda uning ukasi o‘zlari yashaydigan ushbu mahalladagi xonadonning orqa tomonida xo‘roz janglari uchun mo‘ljallab qurilgan va jihozlangan binoda viloyatning Vobkent, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlari hamda qo‘shni Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi jami 26 nafar fuqarolar pul tikib, tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urushtirish o‘yinlarini o‘tkazib turgan vaqtlarida aniqlangan.

Tadbir davomida hodisa sodir bo‘lgan joydan ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan xo‘rozlar hamda 900 000 so‘m naqd pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.