Buxoro yangiliklari

Qalbaki pul chiqargan Buxoro tumanilik va uning sheriklari qo‘lga tushdi

photo 03 63

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida milliy pul birligimizning kupyuralarini qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yildi, – deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati

Gap shundaki, 2021-yil 11-mart kuni Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limiga, tumanning Samonchuq mahallasida yashovchi L. R. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni savdo do‘koniga mijoz sifatida kelgan notanish kimsa do‘kondan 12 dona yelim tog‘oralarni xarid qilib, unga 10 dona 100 000 va 1 dona 50 000 so‘mlik kupyuradagi, jami 1 050 000 so‘m pullarni berib hisob-kitob qilganligini, notanish mijoz ketganidan so‘ng pullarni ko‘zdan kechirganida, unga berilgan pul kupyuralarining seriya raqamlari bir xil ekanligini bilib, pullar qalbaki ekanligiga gumon qilganligini, shu sababli ushbu noma’lum shaxsni aniqlab unga chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaat tuman Ichki ishlar bo‘limida tegishli tartibda qayddan o‘tkazilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, fuqaro L. R. tomonidan taqdim qilgan 10 dona 100 000 va 1 dona 50 000 so‘mlik kupyuradagi pullar yuzasidan viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, ushbu pul kupyuralari qalbaki pullar ekanligi, ya’ni kompyuter texnikasidan foydalanib, rangli tomchi-purkovchi printer yordamida qo‘lbola usulda tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro tumanida yashovchi R. A., uning jinoiy sheriklari K. U. hamda Romitanlik D. N. lar oldindan til biriktirib sodir qilganliklari aniqlangan.

Tadbir davomida o‘tkazilgan “Tintuv” tergov harakatlari davomida jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi R. A. ning yashash uyidan 25 dona 50 000 so‘mlik bir xil seriyali, jami 1 250 000 so‘m qalbaki kupyuralar, shuningdek, jinoiy guruhning yana bir a’zosi D. N. ning yashash xonadonidan bir dona kompyuter jamlanmasi, bir dona “Epson” rusumli rangli printer, bir dona qog‘oz kesuvchi uskuna, 120 dona qirqilmagan oq qog‘ozning har biriga uch nusxadan chop etilgan, bir xil seriyali 50 000 so‘mlik kupyuradagi, jami 18 600 000 so‘m miqdordagi pul kupyuralari hamda bir dona xotirasida bir nechta davlatlarning pul birliklari elektron suratlari bo‘lgan 16 GB li flesh-karta ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

[metaslider id=2665 cssclass=»»]

Hozirgi kunda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan ushbu jinoiy guruhning hatti-harakatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.