O‘zbekiston

Buxorolik jurnalist-blogerlar uchun Konrad Adenauer nomidagi xalqaro fondi seminar-trening tashkil qildi

photo 247

Loading

Mamlakatimizdagi “Yuksalish” umummilliy harakati Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi xalqaro fondining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda turli tarmoqlarda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Ana shunday sa’y-harakatlardan biri shu yilning 19-, 20-, 21-may kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Qiziqarli multimedia yaratish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar–trening tashkil etildi. Mazmun-mohiyatiga binoan, unda Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm hamda Buxoro viloyatlaridagi mediatarmoqlarida faoliyat yuritayotgan jurnalist–blogerlar, ommaviy axborot vositalari xodim hamda mutaxassislari o‘z bilim va mahoratlarini oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.

photo 019

Ko‘hna vohaning Urganch shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi konferensiyalar zalida boshlangan seminar-treningni Konrad Adenauer nomidagi xalqaro fondining Markaziy Osiyo respublikalari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakili Ronni Xayne ochib, mahalliy jurnalist va blogerlarning samarali faoliyat yuritishlari, ish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribani o‘zlashtirishlari uchun yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. “Qiziqarli multimedia yaratish va uni ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish” seminar-treningda qiziqarli mashg‘ulotlarga kirishildi.

[metaslider id=2781 cssclass=»»]

— Jamiyatimizda har sohada yuz berayotgan yangilik va o‘zgarishlar, voqea va tafsilotlar, jamoatchilikni tashvishga solayotgan yoxud qiziqtirayotgan masalalar xususida birinchi va tezkor axborotni albatta, bugun xizmat tarmoqlari kengayib borayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalist hamda blogerlardan olish mumkin, – deydi mediamahsulot yaratish sohasida katta tajribaga ega ekspert-mutaxassis, seminar-trening trenerlaridan biri Saida Sulaymonova. — Statistik ma’lumotlar va raqamlar haqqoniy va tezkor yoritilishini istagan ommaviy axborot vositalari xodimlari esa hech ikkilanmay, bu yerga — MJDC Data School ga kelib, mahorat darslarida qatnashsa, bu ular uchun faqat foydadan xoli emas. Zero, bugun mediaolam shiddat bilan shakllanib, dunyo miqyosida sifatli va to‘g‘ri axborotga bo‘lgan talab oshib borayotganini ortiqcha izohlashga hojat yo‘q. Qisqa muddatli modullar formatida ishlovchi, alohida mediamutaxassislari saralanadigan bu kabi mahorat saboqlarini shu yil yakuniga qadar Samarqand, Farg‘ona, qolaversa, Buxoro shaharlarida ham tashkil etishga qaror qilingan.

“MJDC Data School” bu IDEM (Germaniya Respublikasi) xalqaro tashkiloti hamkorligida va homiyligida O‘zbekiston respublikasida zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining “O‘zbekiston: OAV–ma’lumotlarning jurnalistik formatlariga asoslanib yangiliklarni yoritishni professionallashtirish” nomli loyihasining bir bo‘lagidir. Unda ta’lim olish va malaka oshirish bepul.

[metaslider id=2795 cssclass=»»]

Treningda ishtirok etgan 30 dan ortiq jurnalist–bloger mahalliy OAV da sifatli mediamaterial va kontent yaratish, JIMBOARD va boshqa interaktiv-onlayn dasturlaridan samarali va tezkor foydalanish, onlayn servis, vizualizasiya, marketingda maqsadli auditoriya talabini qondirishga doir qator talablarni bajarib, ko‘nikmalarini oshirdi. 3 kun davom etgan qizg‘in munozara, mahorat darslaridan so‘ng har bir qatnashchi o‘zi mustaqil mavzuda tayyorlagan mediamahsuloti taqdimotini himoya qildi.

[metaslider id=2808 cssclass=»»]

Mintaqaviy seminar-trening so‘nggi kunida qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshirilib, ko‘hna va hamisha navqiron Xiva hamda Urganch shaharlarining diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan press-tur ham OAV xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

[metaslider id=2829 cssclass=»»]

Uchqun Tojiyev, sayt bosh muharriri

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.