Mashhurlar

“Oila uchun” seriali voqealar rivojida Kadir oʻldiriladi. Uning qotili kim?

photo 297

Loading

U oʻlimidan avval ota-onasining qotili kim ekanini bilib qoladi.

“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Oila uchun” seriali voqealar rivojida bosh qahramonlardan biri Kadir vafot etadi.

Serial voqealari davomida Melisa Kadir bilan koʻrishishga borgan payti onasi Nebahat telefon qilib chaqiradi. Melisa onasining oldiga borganda, uni siquvga oladi. U dugonlari bilan boʻlganini aytib deb javob beradi. Biroq onasi uning dugonalari bilan gaplashganini, ular esa Melisa bilan koʻrishmaganini taʼkidlashganini aytadi. Shunda Melisa “Men Kadir bilan edim. Men uni sevaman”, deydi. Bu gaplarni otasi Akif eshitib qoladi hamda qiziga Kadir bilan koʻrishmasligi kerakligini tayinlaydi. Agar aytganini qilmasa, Kadirning uka-singillarini maktabdan haydashini aytadi. U ilojsizlikdan rozi boʻladi.

Kadir ota-onasining oʻlimida Akifning qoʻli borligini bilib qoladi. Keyin uni doʻpposlaydi. Biroq uni oʻldirmasligini, politsiya qoʻliga topshirishini aytadi. “Umringning soʻnggiga qadar qamoqda chiriysan”, deydi Kadir. Oʻsha payti u ortiga qaytadi. Yoʻlda Melisa dugonasining mashina haydab ketayotgan boʻladi. U mashina haydashni yaxshi bilmagani uchun qarama-qarshi tomondan kelayotgan mototsiklda bilan toʻqnashib ketadi. Kadirning orqasidan Melisaning otasi Akif kelayotgan boʻladi. Ular ham mashinadan tushadi. Qizigʻi, mototsiklda uning sevgilisi Kadir boʻlgan. Melisa Kadir ekanini bilib qolgach, telba boʻlib qoladi. U “Kadirni men oʻldirdim”, deya tinmay takrorlaydi. Akif Qadirni shifoxonaga olib boradi va u oʻsha yerda sevgilisi koʻz yumadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.