Mashhurlar

Kamola erga tegish uchun Zohidga yalingani rostmi?

photo 299

Loading

Aktrisa mazkur mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

Aktrisa, model va xonanda Kamola Artikova turmush oʻrtogʻi Zohidning “boshini aylantirib” tegib olgano haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

Kamola oʻz sahifasida obunachilari bilan savol-javob oʻtkazgan. Unda kuzatuvchilaridan biri bu haqda soʻragan. Aktrisa esa buni inkor etib, aksi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan.

“Yaxshilab koʻzimga qarab koʻring, shunaqa yalinib, boshini aylantirib yurdigan qizga oʻxshaymanmi. Balki teskarisidir? Oʻylab koʻrishingizga imkon beraman. Hamma bilmasdan turib xohlagan gapini gapiryapti. Men hech qachon hech kimga qarab yoki yalinadigan joyim yoʻq. Doim oʻzimga ishonganman. Allohdan boshqasiga yalinmayman va osilmayman. Unaqa inson boʻlishdan Alloh asrasin”, — deydi Kamola Artikova.

Maʼlumot uchun, “Ummon” guruhining sobiq aʼzosi Zohid Rizqiyev va qoʻshiqchi Kamola Ortiqovaning nikoh toʻylari oʻtgan yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan edi. Ular turmush qurishdan oldin 12 yil davomida bir-birlarini yoqtirgan. Biroq, oktyabr oyining oxirida Kamola Ortiqova muxlislariga oilasidagi muammolar haqida gapirdi. Kamola Ortiqovaning aytgan gaplariga koʻra, hozir birga yashamayotgan juftlikning ajrashishi aniq boʻlgan. Biroq sanʼat olamining ikki taniqli vakili ham nima sababdan ajrashayotganini maʼlum qilmagan, shuningdek, Kamola Ortiqova Zohid Rizqiyev bilan qayta yarashmasligini bildrigan. Qizigʻi shundaki, Kamola Ortiqova toʻylarining bir yillik yubileyiga bir hafta qolganida ajrashayotganini maʼlum qilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.