Mashhurlar

“Garri Potter”dagi Germiona filmning yangi qism premyerasidan oldin muxlislarga murojaat qildi

photo 306

Loading

Filmning oxirgi qismida ham Emma Uotson oʻz muxlislariga minnatdorchilik bildirgandi.

Dunyoga mashhur “Garri Potter” filmining yangi qism premyerasi Yangi yil bayramida boʻlib oʻtadi. Film premyerasi oldidan unda bosh qahramonlardan biri sifatida rol ijro etgan Emma Uotson film muxlislariga murojaat qildi.

Dunyoga mashhur boʻlgan bir necha qismli “Garri Potter” filmining yangi qismi 2022 yilning birinchi kunida “HBO Max” telekanali orqali namoyish etiladi. Filmdagi bosh qahramonlardan biri “Germiona”, yaʼni aktrisa Emma Uotson film muxlislari bilan kechinmalarini va taassurotlarini boʻlishdi.

“ʻGarri Potterʻ mening uyim, oilam, dunyom, Germiona esa sevimli fantastik qahramonim edi. Men Garri Potterdagi doʻstlarim bilan birga ulgʻaydim. Ular bilan faxrlanaman, menga doʻst boʻlib qolganlarga esa minnatdorchilik bildiraman”,— deydi film aktrisasi Emma Uotson.

Filmning oxirgi qismi 2011 yilda chiqqan edi va Emma Uotson shunda ham oʻz muxlislariga minnatdorchilik bildirgandi. Bu yil filmning 20 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida film ijodkorlari va muxlislar uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Avvalroq, “Garri Potter”ning barcha qahramonlari yangi qismda ham birga suratga tushishi haqida xabar berilgan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.