Mashhurlar

“Ular uchun yutqazish uyat”. Joʻrayevlar bilan boʻlgan sud haqida qo‘shiqchi Sanjay izohi

photo 317

Loading

Qoʻshiqchi uni sudga chaqirishmaganini aytgan.

Xonanda Sanjay YouTubeʻdagi “Biz bilmagandik” loyihasiga bergan intervyusida Joʻrayevlar bilan boʻlgan sud haqida gapirib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Joʻrayevlar oilasini 4 marotaba sudda yutgan. Xonanda bir safar uni va advokatlarini chaqirmasdan sud oʻtkazishganini aytdi. Shuningdek, Sanjay Joʻrayevlar qancha yutqazsa ham yana nimadir oʻylab topishini chunki ular uchun yutqazish uyat ekanini taʼkidladi.

“Bugun oxirgi sud boʻldi. Hozir ham yutdik. Ularni toʻrtinchi marta yutyapman. Oʻtgan safar ular bizni chaqirmasdan sud qilgan. Oʻzicha sud qilib, oʻzicha gʻolib boʻlgan. Biz bilan birga sud boʻlsa, har doim yutqazadi. Chunki savol berganda, biz javob beramiz. U payt meni va advokatlarimni chaqirmasdan sud oʻtkazishgan. Keyin sudya ʻMayli sizlar yutdingizʼ deb aytgan. Ular yana bir narsani topishi mumkin. Ular uchun yutqazish uyat”, — deydi u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.