Mashhurlar

“Koʻrishni ham istamayman”. Tiktoker Parizoda Luiza Rasulova bilan boʻlgan holat haqida

photo 357

Loading

Aktrisa, instabloger, tiktoker Parizoda Usmonova YouTubeʻdagi “Yashin Tv” loyihasiga bergan intervyusida aktrisa Luiza Rasulova kinofestivalda Bonamurga tegishtirib gapirganini aytdi.

Parizoda aynan shu sabab Luiza Rasulovaning gapiga video olib chiqqan. U bundan juda jahli chiqqanini taʼkidladi. Luiza Rasulova tiktokerlarni Instagramʻda bloklab qoʻygan. Bloger bundan xursand ekanini taʼkidlab, aktrisaga rahmat aytdi.

“U aslida Bonuga tegishtirib gapirgan. Chunki Luiza Rasulova meni ham, Bonuni ham bloklab qoʻygan. Nimaga ekanini bilmaymiz. Shaxsan men uni oʻzim ham yoqtirmayman. Bloklab qoʻygani uchun rahmat. Luiza Rasulovani koʻrishni ham xohlamayman. U Bonuga tegishtirib gapirgan. Men festivalga bora olmaganman. Vaqtim boʻlmagan. Bonu mening eng yaxshi koʻrgan, yoqimtoy, begʻubor oʻrtogʻim. Bechoraning hech kimga zarari tegmaydi. Shunga jahlim chiqib, mening oʻrtogʻimga tekkani uchun shunday video olib chiqqanman. Men uchun Instagram, TikTok umuman blogerlik ikkinchi darajali. Uni kimdir yomonlab chiqsa ham, men uning orqasidan quvlab yurmayman. Aynan Bonuga gapirgani uchun men video olib chiqqanman”, — deydi Parizoda Usmonova.

Materiallar manbasi: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.