Buxoro yangiliklari
Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi xodimlari xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda
Ta’kidlash kerakki, bugun 22-iyul kuni Samarqand shahrida boshlangan Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressining oxirgi kunidir.
O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko‘magida tashkillashtirilgan mazkur anjumanda buxoroliklar ham faollik ko‘rsatishmoqda. Jumladan, Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi xodimlari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.
Kongressning asosiy voqeasi sifatida esa “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” (51-60 jild) turkumidagi 10 ta yangi kitob-albomlar taqdimotini ko‘rsatishimiz mumkin. 25 dan ortiq davlatdan 350 ta olimlar, 100 ga yaqin kutubxona va muzeylar xodimlari ishlagan ushbu to‘plam 60 jilddan tashkil topdi.
Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanadigan noyob qadimiy qo‘lyozmaning tarixiy ahamiyati va haqiqiyligi shubhasiz. Kongressda ana shu qadimiy qo‘lyozmaning noyob nashri taqdimoti ham o‘tkazildi. Yevropaning yetakchi nashriyot uylaridan biri Mueller & Schindler o‘zbek zaminining buyuk o‘g‘li, munajjim Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi bilan yaratilgan noyob qo‘lyozma faksimilini namoyish etdi.
Kongressda, shuningdek, “Xalqlarni birlashtiruvchi meros” kabi mavzularda “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon”, “Jahon jamiyati uchun yangi yo‘nalishlar: rejalar va istiqbollar”, “Milliy muzeylar va to‘plamlar Jahon jamiyati diqqat markazida” kabi davra suhbatlari ham bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, Kongress doirasida O‘zbekiston san’atiga oid ikkita noyob kitob: “Orol va Amu qirg‘oqlarida. Qoraqalpoqsan” va “Bezak: estetika, sehr, ma’no” kitoblari ham taqdim qilindi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi