Buxoro yangiliklari
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 60-sessiyasi
Hokimlik matbuot xizmatining bildirishicha, bugun, 2-avgust kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 60-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar esa quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan viloyat hokimining hisoboti to‘g‘risida;
- Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishning samaradorligi haqida;
- Buxoro viloyati mahalliy budjetining 2022-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi va byudjet parametrlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida;
- Viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosining holati to‘g‘risida;
- Jondor tumani Oydin mahalla fuqarolar yig‘ini hududini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi to‘g‘risida;
- “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni tasarruf etish haqida.
Bundan tashqari Kengash vakolatiga doir boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ko‘rib chiqilgan
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi