Buxoro yangiliklari
Buxoroda Xalqlar do‘stligi kuni nishonlanmoqda
O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakatdir. Bugundi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashab kelmoqdalar. Asosiy qonunimizga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi barcha fuqaro millati va etnik kelib chiqishidan qat’iy nazar – teng huquqlidir. Mana shu tenglikni ifodalagan o‘ziga xos birlik sifatida bugun yurtimizda 138 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritib kelmoqda.
Har yilning 30-iyul kuni esa mamlakatimizda «Xalqlar do‘stligi kuni» sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Sanan munosabati bilanb viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan dasturlar haligacha odamlar ko‘nglida qiliq taassurotlar qoldirmoqda.
Kuni kecha esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi vakillari Buxoro shahrida joylashgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi» da bo‘lib, unda faoliyat yuritayotgan rus, tatar, polyak, tojik, ozarbayjon hamda yahudiy milliy madaniy markazlari rahbarlari bilan uchrashdilar. Ular bilan suhbatda rus milliy madaniyat markazi rahbari Nataliya Chopanashvili jumladan, shunday dedi:
– Biz vatanimiz – O‘zbekistonda barcha millat va elat vakillari ahil va inoq do‘stlar bo‘lib yashab kelmoqdamiz. O‘zbek xalqining do‘stligi, bag‘rikengligi tufayli bunda yashovchi biror millat yoki elat vakili o‘zini qalban kemtik yoki begona hisoblamaydi. O‘zbek xalqining birgina shu jihatining o‘ziga ham ta’zim qilsa arziydi.
Tashrif buyurgan mutasaddilar ham o‘z navbatida milliy madaniy markazlar vakillarini Xalqlar do‘stligi kuni bilan tabriklab, kitoblar to‘plamlarini esdalik sifatida topshirishdi.
Shuningdek, 3-avgust kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi oldidagi maydonda Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatdagi milliy madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan ularning urf-odat va an’analarini o‘zida aks ettirgan ko‘rgazmalar, konsert dasturlari namoyish etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi